Pitssa, kripto va sovg‘alar: Toshkentda katta festival bo‘lib o‘tdi

Bugun 21:082 daqiqa

Toshkentda o‘tgan Bitcoin Pizza Fest mehmonlarga kriptoaktivlar bilan to‘lov, sovg‘ali o‘yinlar, musiqiy chiqishlar va interaktiv tajribalarni bir maydonda sinab ko‘rish imkonini taqdim etdi. Festival raqamli iqtisodiyotni oddiy foydalanuvchilarga yaqinlashtirish maqsadini ilgari surdi.

Pitssa, kripto va sovg‘alar: Toshkentda katta festival bo‘lib o‘tdi

Yutuqli o‘yinlar, musiqiy chiqishlar, gastronomiya va boshqa ko‘plab tadbirlar. 23-24- may kunlari Toshkent Bitcoin Pizza Fest markaziga aylandi.

“Asterium kriptoaktivlar odamlarga juda yaqin ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘lib, ushbu festivalni o‘tkazishga qaror qildi.  Siz bugunning o‘zida o‘z kriptokartangizni olishingiz va blokcheyn dunyosini kaftingizda his qilishingiz mumkin. Festivalda mehmonlar sovg‘alar o‘yinida qatnashmoqda.  Shuningdek, kriptokarta olib, kriptoaktivlar evaziga mazali pitsa yeyishi mumkin bo‘ladi. Ushbu festivalning hamkorlari Humo, Octabank, asterium, shuningdek, “Rahmat” kompaniyasi hisoblanadi”, deydi “Asterium” raqamli xizmatlar departamenti direktori Mixail Korneyev.

Tadbir doirasida amaldagi qonunchilik talablari asosida va litsenziyalangan xizmatlar orqali zamonaviy raqamli to‘lov imkoniyatlari namoyish qilindi. Mehmonlarga pitsa hamda boshqa mahsulotlarni kriptoaktivlar bilan bog‘liq zamonaviy to‘lov mexanizmlari orqali xarid qilish imkoniyati taqdim etildi.

Tashkilotchilar tadbirning interaktiv qismiga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Asterium tomonidan jami 10 gramm tokenlashtirilgan AUZ oltini hamda aviakompaniyaning dunyoning deyarli istalgan nuqtasiga ikki kishilik sayohat uchun aviachiptalari o‘ynaldi.

“Men bugun bir gramm oltin sovg‘asini yutib oldim. Hozircha bu nimani anglatishini bilmayman, bu kriptoaktivlar ekan, lekin tez orada bilib olaman. Kayfiyatim zo‘r, odamlar bolalari bilan, oilalari bilan kelganini ko‘ryapman. Bayram oilaviy muhit bilan uyg‘unlashgan. Buni ko‘rish menga juda ham yoqadi”, deydi tadbir ishtirokchisi Sergey Arakelyan.

Bitcoin Pizza Day tarixi 2010-yilda dasturchi Laslo Hanets ilk bor ikki dona pitsa uchun Bitcoin orqali to‘lov qilgan paytdan boshlangan. O‘sha vaqtda bu oddiy tajribadek ko‘ringan bo‘lsa, yillar o‘tib u raqamli iqtisodiyotning ramziga aylandi. Festival aynan shu g‘oyani shahar muhiti orqali — hissiyotlar, jonli tajriba va texnologiyalar bilan zamonaviy o‘zaro aloqalar vositasida namoyon etdi.

 

Reklama huquqi asosida

Teglar

Mavzuga oid