Qozog‘istonda masofaviy ishlovchilar soni keskin qisqardi

Bugun 17:302 daqiqa

Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil birinchi choragida Qozog‘istonda atigi 29,8 ming kishi masofaviy formatda ishlagan. Bu o‘tgan yilga nisbatan sezilarli pasayishdir.

Qozog‘istonda masofaviy ishlovchilar soni keskin qisqardi © Foto: spex.by

Qozog‘istonda masofadan ishlaydiganlar soni sezilarli darajada kamaydi. Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi choragida masofaviy formatda 29,8 ming kishi ishlagan – bu o‘tgan yilga nisbatan darhol 35 foizga kam degani. Bu haqda «Finprom» tahlilchilariga tayanib, «Orda.kz» nashri xabar berdi.

Shu bilan birga, tahlilchilar statistikada g‘alati holat borligini ta’kidlamoqda: 2025-yil yakunlari bo‘yicha masofadan ishlovchilar soni hali ham yuqori – 44,2 ming kishi edi. Ehtimol, keskin pasayish hisoblash metodikasining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

«Udalyoniklar» soni eng ko‘p Olmaota viloyatida qisqargan – 11,8 ming kishidan 889 nafargacha.
Hozirgi kunda eng ko‘p masofaviy xodimlar Mang‘istau viloyatida faoliyat yuritmoqda – 7,4 ming kishi. Undan keyin Olmaota shahri va Turkiston viloyati joylashgan.

Masofadan ishlanadigan kasblar

Shuningdek, ommabop vakansiya agregatoridagi e’lonlar tahlili Qozog‘istonda masofaviy ish formati hanuz kam uchrashini ko‘rsatdi. 36,3 mingta vakansiyadan faqat 1,7 mingtasida uydan ishlash imkoniyati taklif qilingan.

Masofaviy ish uchun eng ko‘p sotuv menejerlari izlanmoqda – bunday vakansiyalar soni 290 tani tashkil etgan. Bu toifadagi o‘rtacha ish haqi 500 ming tengeden oshadi. Ikkinchi o‘rinda call-markaz xodimlari, uchinchi o‘rinda esa IT mutaxassislari turadi.

Keng tarqalgan fikrga qaramasdan, IT sohasi mutaxassislari masofaviy kasblarning asosiy vakillari emas. Qolgan kasblar vakansiyalar soni bo‘yicha «sotuvchilar»dan ancha ortda qolmoqda. Masalan, joriy yil may oyida masofadan ishlash imkoniyati bilan call-markaz xodimlariga bo‘lgan talab atigi 109 ta vakansiyani tashkil qilgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, ushbu toifada vakansiyalar soni 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, ish beruvchilar ko‘proq tajribali xodimlarni izlamoqda: vakansiyalarning qariyb yarmi 1 yildan 3 yilgacha tajribaga ega mutaxassislar uchun mo‘ljallangan. Faqat 17,9 foiz takliflar tajribasiz nomzodlarga mos keladi.

Teglar

Mavzuga oid