Xitoy oldidagi qarzlar va chegaradagi navbatlar — Alisher Shayxov bilan intervyu

Bugun 20:001 daqiqa

Suhbatda mintaqaning Xitoy oldidagi qarzlari, chegaralardagi kutishlar va iqtisodiy hamkorlik yo‘lidagi eng og‘riqli to‘siqlar haqida so‘z boradi.

21-22-may kunlari Toshkentdagi “Diplomat University” va “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi hamkorligida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ilmiy va siyosiy doiralar vakillari ishtirok etayotgan anjumanda bugungi global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro integratsiyasi va xavfsizlik masalalari muhokama markazida bo‘lib turibdi.

Tadbirda Vaqt.uz muxbiri ham qatnashdi va unda ma’ruzachi sifatida ishtirok etayotgan Favqulodda va muxtor elchi Alisher Shayxovdan Markaziy Osiyo integratsiyasi va uning oldida turgan muammolar bo‘yicha intervyu oldi.

Ma’lumot uchun, Alisher Shayxov — O‘zbekistonning tajribali va professional diplomatlaridan biri, iqtisod fanlari nomzodi. U uzoq yillar davomida mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini shakllantirish va Yevropa yo‘nalishidagi diplomatiyani boshqarishda eng muhim figuralardan biri bo‘lib kelgan.

Londondagi elchilik missiyasini 2021 yilda yakunlagach, u faol diplomatik korpusdan qaytgan. Ayni paytda Alisher Shayxov Diplomat universiteti rektorining maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda, shuningdek, mamlakat iqtisodiyoti va diplomatiyasiga oid yirik tadbirlarda ekspert sifatida qatnashib keladi.

Teglar

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 87

Barchasi

Mavzuga oid