Qurbon hayitida viloyatlarga o‘nlab qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

Kecha 15:511 daqiqa

Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus yo‘nalishlarida qo‘shimcha ravishda qariyb 9 000 nafar yo‘lovchi tashiladi.

Qurbon hayitida viloyatlarga o‘nlab qo‘shimcha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.  Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Uzbekistan Airways», «Silk Avia» va «Centrum Air» aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga borish/qaytish yo‘nalishida jami 28 ta qo‘shimcha reyslarni bajaradi.   

Parvozlar 25-maydan 31-mayga qadar amalga oshiriladi va hafta davomida samolyotlar qo‘shimcha ravishda 8988 nafar yo‘lovchini tashiydi.

Amal jadvalga ko‘ra, hozirda haftasiga 97 ta reys amalga oshirilmoqda: Toshkent – Buxoro yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Termiz yo‘nalishida 23 ta, Toshkent – Urganch yo‘nalishida 35 ta va Toshkent – Nukus yo‘nalishida 16 ta reys.

Teglar

Mavzuga oid