add

Pizishkiyon: Agar Isroil buzmasa, Eron sulhga amal qiladi

25.06.2025 | 08:1541822

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Isroil tomonidan o‘t ochish to‘xtatilishiga amal qilinsa, Eron ham sulhga rioya qilishini ma’lum qildi.

Pizishkiyon: Agar Isroil buzmasa, Eron sulhga amal qiladi
Eron Islom Respublikasi prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Isroil bilan munosabatlar bo‘yicha muhim bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, agar Isroil tomoni o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzmasa, Eron ham bu kelishuvga amal qiladi. Bu haqda u Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot chog‘ida bildirgan. Prezident matbuot xizmati Pizishkiyonning so‘zlarini keltirib, Eron muloqotga tayyor ekanini va muzokaralar orqali xalqining qonuniy huquqlarini himoya qilishga intilishini ma’lum qildi. «Biz muloqotga kirishishga va muzokaralar stolida Eron xalqining qonuniy huquqlarini himoya qilishga tayyormiz», - degan Pizishkiyon.

Teglar

Mavzuga oid