Logo

Polsha hukumati Zelenskiyni mamlakatning oliy mukofotidan mahrum qildi

Bugun 14:531 daqiqa

Bu voqea Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlarni yana bir bor keskinlashtirdi.

Polsha hukumati Zelenskiyni mamlakatning oliy mukofotidan mahrum qildi © Getty Images

Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyni mamlakatning eng yuqori mukofoti — Oq burgut ordenidan mahrum etish haqida qaror qabul qildi. Bu qaror Kiyevning bir harbiy bo‘linmaga Ikkinchi Jahon urushi davridagi bahsli ukrainalik jangchilar — Ukraina Povstancheskiy Armiyasi (UPA) nomini berish qarori tufayli qabul qilingan.

Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy o‘tgan oy oxirida qabul qilingan bu qarorni «g‘azablanarli”, «tushunib bo‘lmas» va «chuqur hafsalasizlantiruvchi» deb baholadi.

«Bu nafaqat bizning tarixiy xotiramizni og‘ritadi, balki yillar davomida va so‘nggi oylarda qurilgan ishonchni ham buzadi», – dedi Navrotskiy o‘z rasmiy saytida e’lon qilingan videomurojaatida.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Varshavning harakatini «strategik xato» va «hurmatsizlik» deb atadi. Zelenskiy Polshaga ordenni qaytarib berganini e’lon qilgan. Bu voqea Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlarni yana bir bor keskinlashtirdi, ammo ikki tomon ham hozirgi geosiyosiy vaziyatda hamkorlikni davom ettirish muhimligini ta’kidlamoqda.

Teglar

Mavzuga oid