add

Polsha osmonida Rossiya dronlari: bu g‘arbda vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi

10.09.2025 | 12:4039933

Rossiyaning 14 ta droni Polsha havo hududini buzib kirdi. Dronlarning barchasi urib tushirilgan. NATO, AQSH va Polsha hukumati favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Polsha osmonida Rossiya dronlari: bu g‘arbda vahima ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi
10 sentyabr kuni Polsha harbiy havo kuchlari mamlakat havo kengliklarini buzib kirgan rossiya dronlariga qarshi keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazgan. Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishning bayonotiga ko‘ra,  uchoqlar «dushmanning 14 ta ob’ektlarini urib tushirish uchun o‘t ochgan», hukumat va prezident vaziyat haqida tezkor xabardor qilindi. AQSH Davlat departamenti ham Rossiya dronlarining Polsha hududiga kirganini tasdiqlagan. Davlat kotibi Marko Rubio CNN orqali so‘ralgan savolga «Ha» deb javob berdi. Polsha tomoni bir nechta dronni urib tushirganini ma’lum qildi. Varshava xalqaro aeroporti hamda boshqa ayrim aeroportlar vaqtincha yopildi. Polshaning Hududiy mudofaa kuchlarii faol holatga keltirdi. Mamlakat sharqidagi qizil hududda xizmatga chaqirish muddati 6 soatga, markazdagi sariq hududlarda 12 soatga qisqartirildi. Eng dastlabki dron parchalari Lyublin voyevodasidagi Chosnovka qishlog‘ida aniqlandi. Hukumat aholini faqat rasmiy manbalarga ishonishga va ob’ektlarga tegmaslikka chaqirdi. Prezident Karol Navrotskiy vaziyatni shaxsan nazoratga olganini bildirib, Operativ qo‘mondonlikda brifing o‘tkazganini ma’lum qildi. Yaqin soatlarda Milliy xavfsizlik byurosida bosh vazir ishtirokida yana bir yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Polsha mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan dronlar to‘liq urib tushirildi. Qolgan parchalarni topish va aniqlash ishlari davom etmoqda. NATO va AQSH bilan uzluksiz aloqa saqlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid