
Polsha o‘z fuqarolarini Belarusni tark etishga chaqirdi
26.09.2025 | 14:0427602
Polshaning Minskdagi elchixonasi Belarusdagi fuqarolarini zudlik bilan mamlakatni tark etishga va bu mamlakatga safarlardan tiyilishni tavsiya qildi.

Polshaning Minskdagi elchixonasi o‘z fuqarolariga Belarusni darhol tark etish va respublikaga safarlarni to‘xtatishni tavsiya qildi.
Bayonotda bu qarorning sababi sifatida Belarusdagi vaziyatning keskinlashuvi va mintaqadagi urushning davom etishi, shuningdek, polyak fuqarolarining «asossiz hibsga olinishi» ko‘rsatilgan.
Polsha elchixonasi, agar xavfsizlik vaziyati yomonlashsa yoki chegaralar yopilsa, polyaklarni evakuatsiya qilish juda qiynalishi yoki imkonsiz bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
25 sentyabrdan boshlab Polsha va Belarus o‘rtasida chegaralar ochilib, harakat tiklangan edi. Yo‘lovchilar uchun faqat «Terespol — Brest» o‘tish punkti ochilgan, yuk tashish esa «Koroin (Kukurыki) — Kozloviche» orqali amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 12 sentyabrda Polsha Belarus bilan chegarani yopgan edi. Bu qaror Rossiya va Belarusning qo‘shma «Zapad-2025» harbiy mashg‘ulotlari boshlanishiga aloqador qilib ko‘rsatilgan.





