add

Prezident administratsiyasi kuch tuzilmalari rahbarlariga muhim vazifa yukladi

28.11.2025 | 22:087931 daqiqa

Saida Mirziyoyeva giyohvand moddalar tarqalishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi tezkor tizim yaratish zarurligini ta’kidladi.

Prezident administratsiyasi kuch tuzilmalari rahbarlariga muhim vazifa yukladi

Bugun, 28-noyabr kuni Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kuch tuzilmalari rahbarlari bilan giyohvand moddalar savdosi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan ishchi yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda narkojinoyatchilik, jinoiy guruhlar va noqonuniy qurol-yarog‘ aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan samarali tizimni qisqa muddatda yaratish vazifasi qo‘yildi.

«Jamiyatda, birinchi navbatda yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash davlatning bevosita burchidir. Bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi shart», - deya yozdi Saida Mirziyoyeva.

Teglar

Mavzuga oid