Prezident bir guruh tadbirkorlarni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun o‘nlab ishbilarmonlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
© Foto: president.uzO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026 yil 13-avgust kuni Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi uchun o‘nlab ishbilarmonlar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Farmonda qayd etilishicha, mazkur mukofotlar Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda yuksak natijalarga erishgan vakillarga berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Yangi O‘zbekistonda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, mamlakatimiz taraqqiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirish, milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratish orqali aholi farovonligini oshirish yo‘lida alohida jonbozlik ko‘rsatayotgani, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni bilan
Boltayev Odiljon Olimjonovich - Samarqand shahridagi “Azia metall prof” mas’uliyati cheklangan jamiyatining rivojlantirish va investitsiya masalalari bo‘yicha direktori, Samarqand viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan
Xamrayev Baxtiyor Djabbarovich - Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Navoiy viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan
Isakov Muhsinjon Qosimjonovich - Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori,Farg‘ona viloyati
Babaxanov Yorqin Xaitmuradovich - Bo‘stonliq tumanidagi “Central Asian constriction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” faxriy unvoni bilan
Axmedov Baxtiyor Ergashevich - Baxmal tumanidagi “Qo‘shchinor mevasi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
Kazimov Botir Xaydarovich - Toyloq tumanidagi “Bog‘izog‘on” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Umirzakov Shunkar Umarovich - Ohangaron tumanidagi “Sarvar Aziz Umarzoda ramzi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Sharipov Umarbek Kuranbayevich - Urganch tumanidagi “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Axmedov Qodirjon Maxmudovich - O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
Masharipov Otaxon Karimberganovich - Xiva tumanidagi “Chinobod qurilish” xususiy korxonasi direktori, Xorazm viloyati
Saynurdinov Saidgaffar Muxitdinovich - Ohangaron shahridagi “Premier electrotech” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Uraimov Isroiljon Xakimovich - Xo‘jaobod tumanidagi “Al-Hakim” xususiy korxonasi rahbari, Andijon viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Abduraxmanov Abdulaziz Abdukadirovich - “My freighter” va “Centrum air” xususiy aviakompaniyalari ta’sischisi, Toshkent shahri
Babitsa Rastislav - “AZC group” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha ijrochi direktori
Ganiyev Boisxon Basitovich - Shayxontohur tumanidagi “United soft” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Ismatullayev Jamshid Xayrullayevich - Chust tumanidagi “Shust textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Klain Robert - “Voltalia” kompaniyasi boshqaruvi raisi
Kodirov Bexzod Normamatovich - Boysun tumanidagi “Narzi qushbegi” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Mamatqulov Oybek Axmedovich - Zomin tumanidagi “Azim Zomin shifo” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati
Matkarimova Xanifa Sapayevna - Bog‘ot tumanidagi “Dilshoda Dilshodbek Manzura” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati
Mirzajonov Shermuxammad Kozimovich - Yangiyo‘l tumanidagi “Imperial granit” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Turumov Xolmirza Almaxmatovich - Yakkabog‘ tumanidagi “Oqtosh kelajagi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati
O‘ral O‘zkan - “Odas Enerji CA” kompaniyasi rahbari
Usmanov A’zam Anvarovich - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Namangan qo‘ychilik klasteri” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati
Xamidov Adaxamjan Abduraimovich - “Forteks” kompaniyasi rahbari
Xujamov Botir Mamadaliyevich - Baliqchi tumanidagi “Chinobod nurli zamin agrofirmasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Yuldashev Ikram Yalgashevich - Nukus shahridagi “Karakalpak palace hotel” mas’uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
“Mardlik” ordeni bilan
Jumaniyozova Roxat Ishimovna - Tuproqqal’a tumanidagi “Marjona Saboxon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Xorazm viloyati
Qo‘shshayev Afzal Axmadovich - Shofirkon tumanidagi “Jilvon jilosi 2020” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
Maxkamov Otabek Erkinovich - Ijtimoiy tarmoqlardagi “MrOtabekTV” sahifasi asoschisi, bloger
Musayev Muzaffarxon Obosxonovich - Kichik biznes uyushmasi raisi o‘rinbosari
Urunboyev Ma’ruf Husan o‘g‘li - Narpay tumanidagi “Narpay strategy up” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Nazarova Xadicha Abdullayevna - “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, Farg‘ona viloyati
Raximiy Sharif Uktamovich - Urganch shahridagi “Surge med” xususiy klinikasi bosh shifokori, Xorazm viloyati
“Sog‘lom turmush” medali bilan
Ataboyev Xusan Karimovich - Sergeli tumanidagi “Atabaevs production” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Baratov Shoislom Abdug‘ani o‘g‘li - Guliston shahridagi “Ideal study” nodavlat ta’lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati
Kenjayev Anvar Olimovich - Buxoro shahridagi “Amirshoh 777” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati
“Jasorat” medali bilan
Qurbonov Asror Shomurotovich - Nishon tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Qashqadaryo viloyati
Qurbonov Furkat Farhod o‘g‘li - Termiz shahridagi yakka tartibdagi tadbirkor, novvoy, Surxondaryo viloyati
Ochilova Zulfiya To‘rayevna - Peshku tumanidagi “Zulfiya To‘ra qizi” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Bahodirov Shohrux Baxtiyorovich - Shahrisabz shahridagi “Lazzat pishloq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qashqadaryo viloyati
Maksudov Bekzod Ulug‘bek o‘g‘li - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Intest max” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Nurmuxamedov Elbek Timurovich - Yashnobod tumanidagi “East-games” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Soliyev Muxammadxon Bobirshoyevich - Samarqand shahridagi “Innovatsion maskan” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Samarqand viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Adamboyev Toxirjon Akbaraliyevich - Sergeli tumanidagi “Barakat-alfa” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Dadaxonov Davron Toxirovich - Yunusobod tumanidagi “Global export company” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Jabbarova Yulduz Xasanovna - Sharof Rashidov tumanidagi “Yu-Meva” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Maxmudov Farxod Gayratovich - “Brio group” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Murtazayev Shoxrux Davronbekovich - Yashnobod tumanidagi “Cinema store” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Norboyeva Mohichehra Nusratilloyevna - G‘ozg‘on shahridagi “G‘ozg‘on chevar qizlari” ishlab chiqarish kooperativi rahbari, Navoiy viloyati
Obidov Dadaxon Odilovich - Sergeli tumanidagi “Xon films” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Olimova Inobat Ravshanovna - Xatirchi tumanidagi “Sultonali Javohir” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Navoiy viloyati
Pan Yevgeniya Leonidovna - Ishtixon tumanidagi “Samarkand stone trade corporation” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati
Pardayev Saloxiddin Saydulloyevich - Termiz shahridagi “Fayzi Mehriniso qurilish” xususiy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Sagdiyev Temur Xayrullayevich - Mirobod tumanidagi “Design studio” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
Sultanov Mirsaid Salamatdinovich - Nukus shahridagi “Ajiniyaz Qaraqalpaq” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li - Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Farg‘ona viloyati
Tulyaganov Gafur Axmadjanovich - “Ahmad oltin jo‘ja” restoranlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
Umirzokov Oybek Tajibayevich - Asaka tumanidagi “Everest metall grand” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati
O‘rinov Sherali Boboqulovich - “Fayz” milliy taomlar tarmog‘i asoschisi, Toshkent shahri
Ustadjalilov Dantes Farxodovich - Guliston shahridagi “Dantes construction” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Sirdaryo viloyati
Xayrullayev Azim Abdurasulovich - Buxoro tumanidagi “Tekhnochem” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati
Xamidov Lazizbek Yodgarovich - Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Tasnif group” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
Xudoyberdiyeva Ziyodaxon A’zamjonovna - O‘rta Chirchiq tumanidagi “Ziyotrans” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent viloyati
Choriyeva Gulnora Djurakulovna - Shahrisabz shahridagi “Tikuvchi Anoragul” xususiy korxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Yusupov Shuxrat Fazlitdinovich - Sergeli tumanidagi “Makiz baraka” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Toshkent shahri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev





