
Prezident Javohir Sindarovni shaxsan tabriklab, unga faxriy unvon topshirdi
Mirziyoyev Javohir Sindorov yaqinda erishgan g‘alabasi bilan o‘zbek yoshlarining nimalarga qodirligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etganini ta’kidladi.

Bugun, 28-noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorovga «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvonini topshirdi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, tantanali marosim Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida sun’iy intellektga bag‘ishlangan xalqaro forumning ochilishi chog‘ida o‘tkazildi. Davlat rahbari Javohir Sindorov Hindistonda shaxmat bo‘yicha Jahon kubogida g‘alaba qozonib, o‘zbek yoshlarining nimalarga qodirligini butun dunyoga yana bir bor namoyon etganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, grossmeyster Javohir Sindarov 26-noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida xitoylik Vey Yini tay-breykda mag‘lub etdi va Jahon kubogi g‘olibi bo‘ldi. Bu bilan Sindarov 120 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, Sindarovga qadar tarixda biron marta o‘zbek shaxmatchisi Jahon kubogi finaliga qadar yetib kela olmagan. Endi ushbu muvaffaqiyat orqali Javohir Sindorov 2026 yilning mart oyida o‘tkaziladigan nomzodlar turnirida ishtirok etadi.
O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan shaxmatchi «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni, prezident sovg‘asi — 3 xonali xonadon bilan taqdirlandi.
Sindarov — dunyoning eng yosh grossmeysterlaridan biri. 2022 yilda O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib chiqqan.





