
Prezident Mirziyoyev: «Yoshlar Yangi O‘zbekiston tarixini yaratadi»
30.06.2025 | 13:451415
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni qutlar ekan, ular Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda hal qiluvchi kuchga aylanayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari ta’lim, sport, IT, tadbirkorlik va kasbga yo‘naltirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Prezident Mirziyoyev: «Yoshlar Yangi O‘zbekiston tarixini yaratadi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlarni qutlar ekan, ular Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda hal qiluvchi kuchga aylanayotganini ta’kidladi. Davlat rahbari ta’lim, sport, IT, tadbirkorlik va kasbga yo‘naltirish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. U butun mamlakat yoshlarini bayram bilan samimiy tabriklab, ularning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan ulkan hissasini e’tirof etdi.
Davlat rahbari so‘zida mamlakat iqtisodiyotidagi o‘sish, yirik investitsiyalar va xalqaro ishonch ortishida bilimli va tashabbuskor yoshlarning muhim o‘rni borligini ta’kidladi. Prezidentning qayd etishicha, o‘zbekistonlik yoshlar ilk bor dunyoning top-5 oliygohlariga kirib, tarixiy natijalarga erishmoqda. bugungi kunda 30 nafar yosh top-10 talik, 500 nafar yosh top-100 va 1 500 nafar yosh top-300 talik universitetlarda tahsil olmoqda.
Shavkat Mirziyoyev yosh tadbirkorlarning muvaffaqiyatlariga ham alohida to‘xtaldi. Joriy yilda 261 ta yoshlar korxonasining yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan oshgan. Toshkentdan tashqari Samarqand, Andijon, Namangan, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda ham yoshlar biznes sohasida faol rivojlanmoqda.
Prezident yoshlarning ta’lim va IT sohasidagi yutuqlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Bir million dasturchi» loyihasida 325 ming yosh o‘qitilganini, xalqaro til sertifikati olgan yoshlar soni ikki baravarga oshganini ta’kidladi. Xususan, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqand yoshlari IT sohasida katta daromad topishni o‘rganayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Prezident mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyatini kuchaytirish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash va ularni ta’lim hamda kasbga yo‘naltirish muhimligini ta’kidladi. Bu borada tadbirkorlar, hokimlar va o‘quv markazlari o‘rtasida hamkorlik platformasi yaratish taklif qilindi.
Yaqinda respublikada 8 300 ta yangi loyiha ishga tushirilishi va 292 mingta ish o‘rni yaratilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, 83 milliard dollarlik yangi loyihalar orqali yana 500 mingta ish o‘rni tashkil etish rejalashtirilmoqda. Prezident bu loyihalar uchun kadrlar tayyorlashni hozirdan boshlashni topshirdi.
Shavkat Mirziyoyev Beruniy nomidagi xalqaro maktab faoliyati boshlanganini e’lon qildi. Har yili 3 ming nafar iqtidorli yosh dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlanadi, shulardan 300 nafari ehtiyojmand oilalar farzandlari bo‘ladi.
Davlat rahbari «El-yurt umidi» jamg‘armasi imkoniyatlari kengaytirilganini, banklar top-300 oliygohga kirgan yoshlarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratishini ma’lum qildi.





