add

Prezident: «Qabulxonalar amalda «dispetcher» vazifasini bajarayotgani qayg‘uli holatdir.»

Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq qabulxonalari tizimining bugungi holatini tanqid qilib, uning aholi dardiga yechim topishdagi roli yetarlicha emasligini keskin bayon etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qabulxonalar faqat murojaatlarni davlat tashkilotlariga yo‘naltirish bilan cheklanib, amalda «dispetcher» vazifasini bajarayotgani qayg‘uli holatdir.

Prezident: «Qabulxonalar amalda «dispetcher» vazifasini bajarayotgani qayg‘uli holatdir.»
2024 yilda virtual qabulxona va xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarning 55 foizi ijobiy hal etilmagan. Bu esa odamlar ishonchini susaytirayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlar soni keskin ortishiga olib kelgan. Eng ko‘p shikoyatlar huquq-tartibot idoralari, sudlar, hokimliklar, ta’lim va ekologiya sohalari bilan bog‘liq. Prezident Toshkent shahri va Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar ustidan shikoyatlar ko‘payganiga alohida e’tibor qaratdi. U hokimlardan bu holatni tahlil qilgan-qilmaganini so‘rab, vazirlar va hokimlar murojaatlarga yechim bermasa, xalq qaysi eshikka borib dodini aytadi, degan savolni qo‘ydi. Mingga yaqin murojaatda fuqarolar Prezidentning shaxsiy qabulini so‘ragan. Bu esa joylardagi muammolar yetarlicha hal etilmayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Prezident barcha rahbarlarni har bir murojaat ortida inson dardi va umidi turganini unutmaslikka chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid