
Prezident Sardorbek Umurzoqovni yangi lavozimga tayinladi
22.10.2025 | 22:2217651 daqiqa
Prezident administratsiyasida o‘zgarishlar bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmonlari bilan Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzoqov prezident administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sherzod Asadov xabar berdi.
Shu munosabat bilan u O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etilgan.
Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etilgan.





