add

Prezident «Tolibon»ga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev zilzila sabab Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik yo‘lladi.

Prezident «Tolibon»ga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 sentyabr kuni Afg‘onistonning Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston sharqida, Pokiston bilan chegaradosh hududda kecha 6,0 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lib, 800 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 1,5 mingdan ko‘prog‘i yaralandi. Eng ko‘p talafot Kunar viloyatida qayd etilgan. Qutqaruv ishlariga vertolyotlar jalb qilingan, lekin ko‘plab yo‘llar yopilgani sababli ayrim hududlarga kirish imkoni yo‘q. Rasmiylar qurbonlar soni yana ortadi deb hisoblamoqda, chunki ko‘pchilik vayronalar ostida qolgan. Nangarhor aeroportidan qutqaruv parvozlari amalga oshirilmoqda, yuzlab jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan. Zilzila tunda sodir bo‘lgani sabab ko‘pchilik uyquda qolib, halokatlar soni ko‘paygan.

Teglar

Mavzuga oid