add

Propan 18 foizga arzonladi — Raqobat qo‘mitasi

Kecha 23:071 daqiqa

Qo‘mitaga ko‘ra, propan narxi 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mga tushgan. Narxni sun’iy oshirgan 92 ta korxonaga nisbatan monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

Propan 18 foizga arzonladi — Raqobat qo‘mitasi

Propan narxlarini barqarorlashtirishga qaratilgan choralar natijasida, birjada o‘rtacha narxlar 9,3 mln so‘mdan 7,8 mln so‘mgacha yoki 18 foizga pasaydi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmatining suyultirilgan gaz mahsuloti realizatsiyasi bo‘yicha bergan rasmiy izohida keltirilgan.

Qayd etilishicha, 2025 yil noyabr-dekabr oylari va joriy yilning yanvar oyida propanning birja savdolarida boshlang‘ich narxlarni asossiz oshirish va hajmlarni sun’iy ravishda birja savdolariga chiqarmaslik maqsadida raqobatga zid bo‘lgan muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish alomatlari yuzasidan 92 import qiluvchi korxonalarga nisbatan monopoliyaga qarshi ish qo‘zg‘atilgan. Xususan:

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5 ta,

• Andijon viloyati — 7 ta,

• Buxoro viloyati — 3 ta,

• Farg‘ona viloyati — 13 ta,

• Namangan viloyati — 4 ta,

• Qashqadaryo viloyati — 5 ta,

• Samarqand viloyati — 17 ta,

• Sirdaryo viloyati — 4 ta,

• Toshkent shahri — 21 ta,

• Toshkent viloyati — 1 ta,

• Xorazm viloyati — 12 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt.

«Chakana narxlarni asossiz oshib ketmaslik bo‘yicha yoqilg‘i quyish shoxobchalarda doimiy monitoring amalga oshirilmoqda», - deyiladi xabarda.

2025 yil iyun oyida suyultirilgan gaz — propan narxi birja savdolarida 30 foizga oshgani qayd etilgan.

Milliy statistika bergan ma’lumotga ko‘ra, oktabr oyida propan narx 3,3 foizga oshgan.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda mahalliy propan hajmi qisqarib, import hissasi ortishi narx shakllanishiga bosim o‘tkazyotganini bildirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid