add

Putin Aliyev bilan uchrashuvda Rossiya aybini bo‘yniga oldi

Rossiya va Ozarboyjon prezidentlari ikki tomonlama munosabatlardagi «muammoli sohalarni» muhokama qilgan.

Putin Aliyev bilan uchrashuvda Rossiya aybini bo‘yniga oldi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 2024 yil dekabr oyida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines (AZAL) aviareysini Rossiyaning havo mudofaa kuchlari raketa zarbasi orqali urib tushirganini tan oldi. Bu haqda u Tojikiston poytaxti Dushanbedagi «Ko‘hi Somon» qarorgohida Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev bilan bo‘lib o‘ygan uchrashuvda so‘z ochdi. Rossiya rahbari matbuot kotibining xabar berishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlardagi «muammoli sohalarni» muhokama qilgan.
«Shubhasiz, bunday holatlarda, ayniqsa bunday fojiali vaziyatlarda talab qilinadigan barcha choralar Rossiya tomonidan ko‘riladi. Kompensatsiyalar masalasi hal etiladi va barcha mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi», — degan Putin.
Ozarbayjon rahbari I.Aliyev bunga javoban Putinga AZAL samolyoti haqida batafsil ma’lumot bergani, shuningdek, Rossiya prezidenti halokat sabablarini aniqlashni o‘z nazorati ostida ushlab turgani uchun minnatdorchilik bildirgan. Boku va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yilning dekabr oyida AZAL samolyoti halokatga uchragach, Yekaterinburgda Ozarboyjon fuqarolarining etnik guruh ishi bo‘yicha hibsga olinishi va halok bo‘lishi ortidan yomonlashgan. Avgust oyida Ilhom Aliyev Boku ikki davlat o‘rtasidagi inqiroz uchun hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va tajovuz yoki hurmatsizlikning hech qanday alomati yoki ko‘rinishiga toqat qilmasligini aytgan. Vladimir Putin esa «Rossiyaning Ozarboyjon bilan munosabatlarida muammolar mavjud bo‘lsa-da, hammasi joyiga tushishini» ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid