add

Putin migrantlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishni chekladi

29.11.2025 | 19:383571 daqiqa

Endilikda ular bunday xizmatdan foydalanish uchun besh yil qonuniy ishlab berishlari shart.

Putin migrantlarga bepul tibbiy yordam ko‘rsatishni chekladi

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlari uchun majburiy tibbiy sug‘urta polisini olish qoidalarini kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda «Interfaks» nashri xabar berdi.

Qonunga ko‘ra, mehnat migrantlariga (yuqori malakali mutaxassislardan tashqari) MTS polisi faqat Rossiyada qonuniy ishlab, besh yillik sug‘urta stajini to‘plaganlaridagina beriladi. Ilgari bu uchun uch yil talab qilingan.

«Bundan buyon, chet el fuqarolari mamlakatimizda bepul tibbiy yordamdan foydalanishlari uchun Rossiya hududida kamida 5 yil qonuniy ishlashlari shart. Faqat favqulodda vaziyatlar bundan mustasno», — deydi Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin.

Uning fikricha, «Rossiyaga ishlash uchun kelib, yuqori standartdagi ijtimoiy kafolatlarga ega bo‘lishni istaganlar, bunga bo‘lgan huquqlarini halol va qonuniy mehnat bilan isbotlashlari lozim».

Qonun byudjetni shakllantiruvchi tashabbuslar to‘plami doirasida qabul qilingan.

Teglar

Mavzuga oid