
«Putin, sening navbating yaqinlashmoqda»: Tramp Rossiya neftiga yo‘lni yopmoqchi
21.07.2025 | 20:4013262
AQSH senatori Lindsi Grehemning ma’lum qilishicha, Donald Tramp Vladimir Putinga qarshi keskin choralar ko‘radi.

AQSH Senati a’zosi Lindsi Grehemning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Rossiya bilan iqtisodiy munosabatda bo‘lgan davlatlarga nisbatan yangi va qattiq iqtisodiy choralar ko‘radi. Uning ta’kidlashicha, Tramp Rossiya neftini xarid qilayotgan mamlakatlarga 100 foizlik boj joriy etish niyatida.
Grem ushbu choralar birinchi navbatda Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi davlatlarga qaratilganini aytdi. Uning fikricha, aynan shu uch mamlakat Rossiya nefti eksportining taxminan 80 foizini tashkil etadi va bu Putinning harbiy harakatlarini moliyalashtirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
«Putin, sening navbating yaqinlashmoqda. Prezident Tramp senga qarshi keskin choralar ko‘radi. U Rossiya neftini sotib oluvchilarga, jumladan, Xitoy, Hindiston va Braziliyaga boj qo‘ymoqchi», — dedi senator.
Gremning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar yaqin orada AQSH iqtisodiyoti va Rossiya bilan hamkorlik orasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi. Uning fikricha, ular AQSH iqtisodiyotini afzal ko‘radi.





