«Putin uyushtirgan qotillik». Navalniynig xotini uning o‘limi sabablarini oshkor qildi
Aleksey Navalniy koloniyada zaharlanganini ikki G‘arb davlati laboratoriyalarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari tasdiqladi.

Rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya, turmush o‘rtog‘i 2024 yil fevralda koloniyada zaharlangani haqida ma’lum qildi.
«2024 yil fevralda Alekseyning biologik materiallarini qo‘lga kiritishga, chet elga olib chiqishga va G‘arb mamlakatlaridan birining laboratoriyasiga topshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bir necha oy oldin natijalar olinganini bildim va allaqachon ikki mamlakatning ikkita laboratoriyasi bir-biridan mustaqil ravishda Aleksey zaharlanganini tasdiqladi», - deya koloniyada vafot etgan siyosatchining bevasi o‘z telegram kanalida yozdi.
Biroq u ikkala laboratoriyaning nomini keltirmadi.
«Buyog‘iga nima bo‘ladi? Bilmayman. Rossiya fuqarosi o‘ldirildi. U Rossiya hududida qatl etildi. Barcha dalillar ham o‘sha yerda. G‘arb mamlakatlarining jinoiy ish qo‘zg‘atishi va olib borishi uchun hech qanday huquqiy asos yo‘q», - deya ta’kidladi Navalnaya.
U Aleksey Navalniy aynan qanday modda bilan zaharlangani to‘g‘risidagi tekshiruv natijalari oshkor etilishini talab qildi va Vladimir Putinni turmush o‘rtog‘ining o‘limida aybladi.
Rossiya Federal jazoni ijro etish xizmati Navalniyning 2024 yil 16 fevralda vafot etgani haqida xabar berdi. Siyosatchining hamfikrlari avval ham uning o‘ldirilganini aytishgan edi. Rossiya hukumati vakillari fikricha, o‘lim tabiiy sabablarga ko‘ra yuz bergan.
«Chindan ham keyinchalik biologik namunalar olib ketilgan», – deb yozdi Navalniyning safdoshi Ivan Jdanov.
Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati Yuliya Navalnayaning bayonotiga hech qanday izoh bermadi.
Navalniy jamoasi Xarp koloniyasining besh nafar xodimidan oxirgi kunlar haqida guvohlik olgan. Ularga ko‘ra, siyosatchi o‘limidan oldin oyog‘idagi og‘riqdan shikoyat qilgan, tutqanoq va og‘ir nafas olish holatida qolgan. U kamerada yolg‘iz qoldirilgan va shifokor chaqirilgunga qadar ahvoli keskin yomonlashgan.
Navalniyni 13:10 da kameradan olib chiqishgan, 13:25 da «Tez yordam» chaqirilgan, ammo reanimatsiya natija bermagan. 14:23 da u rasman o‘lgani qayd etilgan. Rasmiy hujjatlarda «tutqanoq sindromi, to‘satdan o‘lim sindromi» deb ko‘rsatilgan. Biroq jamoa va yaqinlari tutqanoq va ko‘karishlar zaharlanish alomati bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Yuliya Navalnaya erining kamerasidagi videokuzatuv yozuvlari yo‘qolganini ham ta’kidladi. Unga ko‘ra, blokda 63 ta kamera bor edi, biroq so‘nggi kunning yozuvlari mavjud emas. «Bu Putin va uning maxsus xizmatlari tomonidan uyushgan qotillik», dedi u. «G‘arb davlatlari haqiqatni yashirmasligi kerak. Putinni ko‘ndirish mumkin emas — uni to‘xtatish kerak».