add

Putin XJS orderi xavfi tufayli Braziliyadagi BRICS sammitida ishtirok etmaydi

26.06.2025 | 08:4530133

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro jinoyat sudi orderi tufayli Braziliyada o‘tadigan BRICS sammitida shaxsan qatnashishdan voz kechdi. Uning o‘rniga sammitda Sergey Lavrov ishtirok etadi.

Putin XJS orderi xavfi tufayli Braziliyadagi BRICS sammitida ishtirok etmaydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6–7 iyul kunlari Braziliyada bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida shaxsan ishtirok etmaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda Rossiya manfaatlarini tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov himoya qiladi, Putin esa videokonferensiya orqali qatnashadi. Ushakov ta’kidlashicha, Putinning sammitda shaxsan qatnashmaslikka qaror qilishi Xalqaro jinoyat sudi tomonidan chiqarilgan order va Braziliya hukumati tomonidan uning xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha aniq pozitsiya bildirilmagani bilan bog‘liq. Braziliya Rim statutini imzolagan davlat sifatida MUS qaroriga bo‘ysunuvchi mamlakat hisoblanadi. 2023 yilda ham xuddi shunday vaziyat sababli Putin :ARdagi BRICS sammiti va G20 doirasidagi Rio-de-Janeyrodagi uchrashuvda qatnashmagandi. Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva o‘shanda Putinning xavfsizligiga hukumat emas, sud tizimi javobgar bo‘lishini bildirgandi. Shuningdek, Kreml o‘tgan yili Putinning Hindistondagi SHHT sammiti va Turkiyada prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan muzokaralarini ham bekor qilgandi. JAR rasmiylari esa 2025 yil noyabrda Yohannesburgda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga Putinni taklif qilmasliklarini oldindan ma’lum qilishgan. Avvalroq Xitoy raisi Si Jinping ham Braziliyada o‘tadigan BRICS sammitida ishtirok etmasligini bildirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid