
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga rozilik berdi
19.08.2025 | 17:3031503
AQSH davlat kotibi Marko Rubio ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirgan.

RAQSH davlat kotibi Marko Rubioning «Fox News»ga aytishicha, Donald Tramp ishtirokidagi muloqotlarda Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashuvi ustida ishlar olib borilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va NATO rahbarlari hamda yetti davlat yetakchilari ishtirok etgan yig‘ilish so‘nggi uch yillik to‘xtovsiz urushayotgan taraflar orasida ilk marta harakat va ijobiy siljish bo‘lganini ko‘rsatdi.
Rubio ta’kidlashicha, Putin Zelenskiy bilan bevosita uchrashishga rozilik bergan. Agar uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tsa, keyingi bosqichda Putin, Zelenskiy va Donald Tramp ishtirokida uch tomonlama muzokara o‘tkazilishi mumkin. Buning maqsadi — tinchlik kelishuvini ishlab chiqish.
AQSH rasmiysiga ko‘ra, kelishuvdan keyin Ukraina boshqa mamlakatlar bilan xavfsizlik ittifoqlari tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, NATO orqali qurol sotib olish va Yevropa mablag‘lari hisobidan ta’minlanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Rubio qayd etganidek, urushning tugashi oson emas, chunki har ikki taraf muayyan imtiyozlardan voz kechishi kerak bo‘ladi. Masala asosan hududiy kelishmovchiliklarda to‘xtalmoqda, ammo prezident Trampning vositachi sifatida har ikki yetakchi bilan gaplasha olishi muhim imkoniyat sifatida baholanmoqda.
«Putinning «Yaxshi, men Zelenskiy bilan uchrashaman» degani katta voqea», — degan Rubio.Avvalroq, Zelenskiy hududiy muomalalarni faqat Rossiya prezidenti bilan ikki tomonlama muhokama qilishini aytganligi, AQSH va Yevropa bunday muzokaralardan chetda qolishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.





