add

Putinning onasiga yoshligida panshaxa bilan jarohat yetkazilgan — Bild

21.09.2025 | 12:0020433

Germaniyaning Bild nashri Putin oilasi haqidagi rasmiy rivoyatlarni shubha ostiga qo‘yadigan yangi tafsilotlarni ochiqladi.

Putinning onasiga yoshligida panshaxa bilan jarohat yetkazilgan — Bild
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning onasi Mariya Shelomova yoshligida yuzidan panshaxa bilan jarohatlanib, bir ko‘zini yo‘qotgan. Bu haqda jurnalistlar Roman Badanin va Mixail Rubin «Sar sobstvennoy personoy» kitobida yozgan, deb xabar berdi BILD nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 1928 yil atrofida Tver oblastining Turginovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 17 yoshli Mariya uyiga yosh Vladimir Putinni taklif qilgan, lekin u bir necha yigitlar bilan kelgan. Qiz ularni kiritishni xohlamagan, shu sababli yigitlar darvozani panshaxa bilan buzishga uringan. Bir zarba Mariyaning yuziga tegib, ko‘zini o‘yib olgan. Natijada, vrachlar uning bir ko‘zini olib tashlagan. Avvalgi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmaydigan bu epizod Putinning shaxsiy hayotiga oid yangi fikrlar uyg‘otmoqda. Putin avvalroq ota-onasi haqida gapirar ekan, «otasini hech qachon mast holda ko‘rmaganini va udan hech qachon qo‘pol so‘z eshitmaganini», ta’kidlagan edi. Voqeadan so‘ng qizning onasi sudga berish bilan tahdid qilib, Vladimir Spiridonovichni qiziga uylanishga majbur qilgan. Ular Leningradga ko‘chib o‘tishgan va u yerda Vladimir zavodda ish boshlagan. Mariya Shelomova juda kam sonli suratlarga tushgan — ularda ham u ko‘pincha yuzining jarohatlangan qismi kameradan yashirishga harakat qilgan.

Teglar

Mavzuga oid