Logo

Qamchibek Tashiyev prokurorlardan ayblovlarni bekor qilishni so‘radi

Bugun 21:001 daqiqa

Ayni kunlarda Qirg‘izistonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga oid sud jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. Unga «Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar» hamda «Mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qamchibek Tashiyev prokurorlardan ayblovlarni bekor qilishni so‘radi

29-iyun kuni Bishkekda Azireta Mederov raisligida yopiq eshiklar ortida Qamchibek Tashiyevning sudi bo‘lib o‘tdi.

Advokat Ikramidin Aytqulovning so‘zlariga ko‘ra, sud majlisida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq raisi Qamchibek Tashiev ayblovlarni bekor qilish taklifi bilan davlat prokurorlariga murojaat qilgan.

 Himoyachining so‘zlariga ko‘ra, advokatlar bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan, ammo prokuratura bu taklifga javob bermagan.

Ma’lumot o‘rnida Qamchibek Tashiev 2026 yil 10-fevralda Bosh vazir o‘rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari lavozimidan chetlatildi. Keyinchalik unga «Hokimiyatni zo‘rlik bilan egallash yoki ushlab turish, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga qaratilgan harakatlar» hamda «Mansab vakolatini suiiste’mol qilish» moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti spikeri Marlen Mamataliev Qamchibek Tashiyevni shoqolga, uning tarafdorlarini esa shoqol bolalariga qiyoslagan edi.

Teglar

Mavzuga oid