Qamoqdagi Karim Masimovning samuray qilichi auksionda sotildi

Bugun 15:451 daqiqa

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi mulklari orasidagi katana ikkinchi urinishda xaridor topdi.

Qamoqdagi Karim Masimovning samuray qilichi auksionda sotildi © e-qazyna.kz

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq raisi Karim Masimovga tegishli mol-mulklar orasidagi samuray qilichi ikkinchi urinishda auksionda 1,5 million tengega (taxminan 3 237 AQSH dollari) sotildi, deb xabar berdi «Orda.kz».

Qilich auksionga ikki marta qo‘yilgan. Ilk safarda xaridor garov mablag‘ini to‘lagan, ammo keyin to‘liq summani to‘lamay qolgani uchun lot qayta savdoga chiqarilgan.

Takroriy auksion 29-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Boshlang‘ich narx taxminan 380 ming tenge edi, biroq savdolar davomida narx 4 barobardan ham ko‘proq oshdi. Oxir-oqibat qilich 1 586 954 tengega sotildi.

Lot tavsifiga ko‘ra, bu katana turidagi qilich bo‘lib, qini bilan birga: uzunligi bo‘ylab qirrali bo‘lgan po‘lat pichoq, qora qin va to‘q kulrang, relefli naqshli metall dastadan iborat.

Karim Masimov kim?

61 yoshdagi Karim Masimov Qozog‘istonning taniqli davlat arbobi bo‘lgan. U 2016–2022 yillarda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. Bungacha esa ikki marta (2007–2012 va 2014–2016 yillarda) mamlakat bosh vaziri lavozimida ishlagan.

Biroq Masimov 2023-yilda bir yil oldin sodir bo‘lgan yanvar voqealari ortidan davlatga xiyonat aybi bilan sudlanib, 18 yilga qamoqqa hukm qilingan.

Teglar

Mavzuga oid