add

Qirg‘iziston o‘zbek gilamlarining asosiy xaridoriga aylandi

04.08.2025 | 21:1510472

2025 yilning birinchi yarmida Qirg‘iziston O‘zbekistondan gilamni eng ko‘p import qilgan mamlakatga aylandi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qirg‘iziston o‘zbek gilamlarining asosiy xaridoriga aylandi
O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar eksport qilgan gilamlarning asosiy qismi qo‘shni Qirg‘iziston bozoriga yo‘l oldi. Davlat statistika qo‘mitasining e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, yilning birinchi olti oyida Qirg‘iziston O‘zbekistondan 1,1 million kvadrat metr gilam import qilgan. Gilam eksportidagi boshqa yetakchi bozorlar quyidagilar bo‘ldi: — Ozarbayjon - 969 ming m², — Afg‘oniston - 725 ming m², — Rossiya - 429 ming m², — Qozog‘iston - 334 ming m², — boshqa davlatlar - 61 ming m². Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 10,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3,6 mln m² gilam eksport qilgan. Bu esa har bir kvadrat metrning o‘rtacha eksport narxi 3 dollardan iborat ekanini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Qirg‘iziston o‘zbek gilamlarining asosiy xaridoriga aylandi | Vaqt.uz