add

Qirg‘iziston O‘zbekistonning 27 tonna piyozini o‘z hududiga kiritmadi

Bugun 14:171 daqiqa

Mamlakat chegara punktlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan nazorat kuchaytirilgan.

Qirg‘iziston O‘zbekistonning 27 tonna piyozini o‘z hududiga kiritmadi

Qirg‘iziston fitosanitariya xavfsizligi talablariga javob bermagani sabab O‘zbekistondan olib kelinayotgan yirik hajmdagi piyoz mahsulotini o‘z hududiga kiritishdan bosh tortdi. Bu haqda 24kg xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu chora chegara punktlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ustidan nazorat kuchaytirilgani fonida amalga oshirilgan.

Qirg‘iziston Suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligining ma’lum qilishicha, hodisa «Do‘stlik» nazorat-o‘tkazish punktida qayd etilgan. O‘zbekistondan olib kirilayotgan jami 26 tonna 978 kilogramm miqdoridagi piyoz inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolingan.

Piyoz nega qaytarib yuborilgan?

Mahsulotni to‘xtatib qolishga yukning tegishli fitosanitariya sertifikatiga ega emasligi asosiy sabab qilib ko‘rsatilgan. Shuningdek, tekshiruv davomida yukning belgilangan xalqaro tartibda markirovka qilinmagani aniqlangan. Natijada, mahsulotning mamlakat hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilmagan va O‘zbekiston tomonga qaytarib yuborilgan.

Teglar

Mavzuga oid