add

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida ikki qirg‘izistonlik otib o‘ldirildi

O‘zbekiston chegarachilari ikki qirg‘iz fuqarosiga qonunga bo‘ysunmagani sabab o‘q otgan.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida ikki qirg‘izistonlik otib o‘ldirildi
O‘zbekiston chegarachilari ikki mamlakat chegarasida Qirg‘izistonning ikki fuqarosini ushlashga urinish paytida ularni otib o‘ldirdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmati bayonotida keltirilgan. «25 avgust kuni huquq-tartibot idoralariga Qirg‘izistonning ikki fuqarosi — Chotqol tumani Ayg‘ir-Jal qishlog‘i aholisi yo‘qolgani to‘g‘risida ariza tushgan. 28 avgust kuni ishchi uchrashuv doirasida O‘zbekiston tomoni chegara vakillari 15 avgust kuni O‘zbekiston hududida, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston chegaralari tutashgan joyda O‘zbekiston chegara xizmati tomonidan ikki nafar noma’lum shaxs aniqlangani haqida xabar berdi. O‘zbekiston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ularni qo‘lga olishga urinish paytida, talablarga bo‘ysunmaganligi sababli, chegarachilar qurol ishlatishga majbur bo‘lgan. Oqbatda har ikki fuqaro o‘q yeb, vafot etgan», - deyiladi bayonotda. Aniqlanishicha, 31 avgust kuni bedarak yo‘qolgan Qirg‘iziston fuqarolarining qarindoshlari vafot etganlarni tanib olish uchun O‘zbekistonga borgan. Marhumlarning jasadlari ekspertiza o‘tkazish maqsadida Qirg‘iziston tomoniga topshirilgan. O‘zbekiston tomoni vafot etgan fuqarolarga tegishli bo‘lgan topilgan mulk — uchta ot va chodirni Qirg‘izistonga topshirishga tayyorligini bildirgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ikki mamlakat chegara xizmatlari 2 sentyabr kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan qo‘shma tergov ishlarini boshlaydi.

Teglar

Mavzuga oid