add

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga chorva eksporti keskin kamaydi

21.08.2025 | 11:009454

Joriy yilning birinchi yarmida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qoramol eksporti o‘tgan yilga nisbatan besh barobarga, qo‘y eksporti o‘n barobarga qisqardi.

Qirg‘izistondan O‘zbekistonga chorva eksporti keskin kamaydi
Joriy yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga 10 ming 270 bosh qo‘y va echki yetkazib berilgan. Bir yil oldin esa bu raqam 112 ming 206 boshga yetgan edi. Demak, yillik keskin pasayish qariyb o‘n barobarni tashkil etdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil davomida Qirg‘izistondan O‘zbekistonga 130 ming 499 bosh qoramol va 233 ming 242 bosh qo‘y hamda echki eksport qilingan. Biroq 2025 yildan narx oshishi va nazorat kuchaytirilishi oqibatida chorva eksporti sezilarli kamaydi. Qirg‘izistonda mol va qo‘y go‘shtining narxi keskin ko‘tarilmoqda. Masalan, 29 iyul holatiga ko‘ra, 1 kilogramm go‘shtning o‘rtacha narxi 700 som (taxminan 100 ming so‘m) atrofida bo‘lgan. Hukumat go‘sht narxini barqarorlashtirish, noqonuniy chiqarishlarni oldini olish hamda eksportga cheklovlar joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda. Avvalroq 40 ming bosh qoramolni noqonuniy chiqarishda gumon qilingan 10 kishi hibsga olingani haqida xabar berilgan edi. Bu holat mamlakatda go‘sht narxi oshishiga ta’sir etgan omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda. O‘zbekistonda ham go‘sht narxlari oxirgi bir yil ichida sezilarli oshgan. Iyul oyi yakuniga ko‘ra, mol go‘shti narxi o‘rtacha 32,9 foizga ko‘tarilgan. Eng yuqori narx Farg‘ona viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ayrim tumanlarda kilogrammi 130–140 ming so‘mga yetgan. Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston hukumati ichki bozorda go‘sht narxini barqarorlashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yirik chorvani vaqtincha eksport qilishni cheklashi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid