add

Qishki Olimpiada o‘yinida O‘zbekiston bayroqdori kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasiga Daniil Yeybog bayroqdorlik qiladi.

Qishki Olimpiada o‘yinida O‘zbekiston bayroqdori kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

2026 yilgi Milan–Kortina qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi bayroqdori etib short-trek bo‘yicha terma jamoa a’zosi Daniil Yeybog tayinlandi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiadada ikki yo‘nalishda ishtirok etadi. Medet Nazarov tog‘ chang‘isi bo‘yicha slalom va gigant-slalom dasturlarida startga chiqadi. Daniil Yeybog esa short-trek yo‘nalishida 500 metr masofada bahs olib boradi.

Shuningdek, saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, figurli uchishning juftlik dasturida Dmitriy Chigiryov va Yekaterina Geynish Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Biroq tayyorgarlik jarayonida Dmitriy Chigiryov jarohat olgani sabab musobaqagacha tiklana olmadi. Natijada O‘zbekiston delegatsiyasi qishki Olimpiadada faqat tog‘ chang‘isi va short-trek dasturlarida ishtirok etadi.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan 7-fevralga o‘tar kechasi soat 00:00 da start oladi. Olimpiya o‘yinlarining o‘zi esa 6-fevraldan 22-fevralga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 1994-yilda Lillexammerdagi (Norvegiya) qishki Olimpiya o‘yinlarida tarixda ilk bor ishtirok etib, birinchi oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Milliy terma jamoada 7 nafar sportchi, shulardan 4 nafarini ayollar tashkil etgan. O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiya chempioni chang‘i akrobatikasi musobaqalarida Lina Cheryazova fristaylning akrobatika turi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan

Teglar

Mavzuga oid