Qonunchilikni buzgan 6 ta qurilish kompaniyasi jazolandi

Bugun 13:351 daqiqa

Qurilish obyektlarini qonunga zid ravishda reklama qilgan bir qator kompaniyalarga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanildi.

Qonunchilikni buzgan 6 ta qurilish kompaniyasi jazolandi

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish tartibiga ko‘ra, quruvchilar maxsus elektron ro‘yxatga kiritilmasdan turib obyektlarni reklama qilishi taqiqlangan. Bu talab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda bir qator qurilish kompaniyalari ushbu talablarga amal qilmagani aniqlangan. Jumladan, “Humo Avenue” MCHJ, “Stroy Dom Siyob” MCHJ, “Aziya Makon City” MCHJ, “Aziza Credo Max” MCHJ, “Shohsaroy Enter Group” MCHJ hamda “Qorasuv Avenue” MCHJ tomonidan qurilish obyektlari elektron ro‘yxatga kiritilmasdan ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilingan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi uchun zarur ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlar va xizmatlarni reklama qilish taqiqlanadi. Bu norma “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasida belgilab qo‘yilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Qo‘mita Maxsus komissiyasi mazkur kompaniyalarni qonunbuzar deb topdi. Unga muvofiq, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shu bilan birga, kompaniyalarga qonunbuzilish holatlarini zudlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar

Mavzuga oid

Qonunchilikni buzgan 6 ta qurilish kompaniyasi jazolandi | Vaqt.uz