«Qora tanlilar — maymun emas»: kongressmen Tramp nutqi paytida zaldan olib chiqildi

25.02.2026 | 19:342 daqiqa

U Trampning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib, keyinroq o‘chirilgan irqchilikka oid videosiga qarshi norozilik bildirgan.

«Qora tanlilar — maymun emas»: kongressmen Tramp nutqi paytida zaldan olib chiqildi © Ijtimoiy tarmoqlar

AQSH Kongressi a’zosi El Grin prezident Donald Trampning Kongressga murojaati vaqtida Vakolatchilar palatasi majlislar zalidan olib chiqmb ketildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, El Grin Demokratik partiya a’zosi hisoblanadi. Tramp chiqish qilayotgan vaqtda u «Qora tanlilar — maymun emas» degan yozuvli plakatni ko‘targan.

«U Trampning ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirib, keyinroq o‘chirilgan irqchilikka oid videosiga qarshi norozilik bildirdi. Ushbu videoda sobiq prezident Barak Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama o‘rmondagi maymunlar sifatida tasvirlangan edi», - deyiladi materialda.

O‘zi nima gap?

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida Tramp o‘z akkauntida bir daqiqalik rolikni joylashtirgan edi. Unda dastlab 2020 yilgi AQSH saylovlaridagi soxtalashtirishlar haqida so‘z yuritiladi. Keyin rolik keskin to‘xtab, sobiq prezident Barak Obama va uning turmush o‘rtog‘i Mishel Obama maymun qiyofasida aks etgan tasvir paydo bo‘ladi.

Bu post Tramp manziliga nisbatan tanqidlar to‘lqinini keltirib chiqardi, ayrim foydalanuvchilar uni irqchilikda aybladi.

Oq uy esa bayonotida videoda irqchilik mazmuni yo‘qligini bildirib, bu qayta ishlangan internet mem ekani, unda respublikachi Tramp o‘rmon shohi qiyofasida, Demokratik partiya vakillari esa animatsion film qahramonlari sifatida ko‘rsatilganini ta’kidladi.

Tanqidlardan so‘ng Tramp rolikni o‘chirib tashladi. Aytish joizki, o‘tgan yil aprelida Grin Trampga nisbatan impichment tashabbusi bilan chiqishini ma’lum qilgan edi. Ammo iyun oyida kongressmenlar Trampga impichment elon qilish urinishini rad etgan.

Teglar

Mavzuga oid