add

Qozog‘iston o‘zining milliy kriptovalyutasi — Evo (KZTE) ni ishga tushirdi

23.09.2025 | 20:4041014

U Solana blokcheynida yaratilgan va tengega bog‘langan: 1 KZTE = 1 tenge. Kelgusida Evoni kundalik to‘lovlarda ham ishlatish mumkin bo‘ladi.

Qozog‘iston o‘zining milliy kriptovalyutasi — Evo (KZTE) ni ishga tushirdi
Qozog‘iston milliy banki tengega bog‘langan ilk raqamli steyblkoynni joriy etdi. U Evo (Evolution qisqartmasi) deb nomlanib, bir tengega bir Evo nisbatida chiqarilmoqda. Loyiha hozircha tovar hamda xizmatlar uchun to‘lov sifatida qo‘llanishiga ruxsat etilmagan. Bu haqda milliy bank raisi Timur Suleymenov ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews. Loyiha mamlakatda raqamli moliyaviy instrumentlarga qiziqish ortib borayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yil iyun oyida milliy bank davlat kriptorezervi tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagandi. Sentyabrda esa prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev strategik zaxira sifatida istiqbolli raqamli aktivlarni jamlaydigan maxsus fond tuzish haqida topshiriq berdi. Suleymenovning ta’kidlashicha, Evoning maqsadi — raqamli moliya bozorini tadqiq etish va kelajakda milliy iqtisodiyotda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarni sinovdan o‘tkazish. Unga ko‘ra, bu tajriba iqtisodiy xavflarni boshqarish va yangi texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratadi. Hozircha Evodan foydalanish imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, uning yirik moliyaviy bozor ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Bundan tashqari, mahalliy startaplar ham Evo asosida turli raqamli xizmatlar yaratish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Markaziy Osiyoda raqamli moliya tashabbuslari faqat Qozog‘iston bilan cheklanib qolmayapti. Sentyabr oyida O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Timur Ishmetov ham mamlakatda steyblkoyn chiqarishning ikki usuli — to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy bank orqali yoki xususiy kredit tashkilotlari orqali amalga oshirilishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Qozog‘iston o‘zining milliy kriptovalyutasi — Evo (KZTE) ni ishga tushirdi | Vaqt.uz