
Qozog‘iston tangasi tarixiy minimumga tushdi, Markaziy bank intervensiya boshladi
30.07.2025 | 18:0036803
Qozog‘iston milliy valyutasi — tanga 30 iyul kuni bir AQSH dollari uchun 550 tangagacha pasayib, o‘z tarixidagi eng past kursni qayd etdi. Bu orqali mamlakat Markaziy banki valyuta bozormda intervensiya o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

Qozog‘iston fond bozoridagi savdolar paytida yuz bergan bunday keskin tushish valyuta bozorida likvidlikning juda past darajada ekani va spekulyativ bosimning kuchayishi bilan izohlandi. Markaziy bank hozircha amalga oshirilgan intervensiya hajmini ochiqlamagan.
Markaziy bank ta’kidlashicha, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar hozirda ijobiy: jahon bozorida neft narxi barqaror ravishda 70 dollardan yuqori turibdi, AQSH dollarining global pozitsiyasi esa susayishda davom etmoqda. Shuning uchun ham bank tanganing zaiflashuvini iqtisodiy asoslarga emas, bozordagi vaqtinchalik uzoqlashuvlarga bog‘liq, deb hisoblamoqda.
Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov o‘tgan hafta valyutaning shiddatli tushishi uchun asoslar yo‘qligini bildirgan edi. Shu bilan birga, hukumat 2026 yil byudjeti uchun tengening dollarga nisbatan kursini 540 deb hisoblamoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 30 iyul holatiga ko‘ra tenge joriy oyda 5,8 foizga, yil boshidan buyon esa 4,7 foizga qadrsizlangan. Bank valyutar bozorda barqarorlikni ta’minlash, valyutaga talab va taklif muvozanatini tiklash, shuningdek, bozorning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
So‘nggi marta Qog‘og‘iston Markaziy banki intervensiyani 2024 yil dekabrida amalga oshirgan bo‘lib, o‘shanda bozorga 307,6 mln dollar qo‘shilgan edi.





