add

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu hibsga olindi — OAV

04.09.2025 | 14:5538482

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu hibsga olindi. Bu haqda Orda.kz nashri huquqni muhofaza qiluvchi organlar manbalariga tayanib xabar berdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu hibsga olindi — OAV
Manbalarning aytishicha, Nurtleu uyida qo‘lga olingan. U bir kun avval Xitoydagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidan qaytgan edi. Xabarga ko‘ra, vazir va biznesmen Gadji Gadjiyev uylarida tintuv ishlari o‘tkazilgan. Shuningdek, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ)ning bir necha yuqori martabali xodimlari ham ushlangani qayd etilgan. Ular ismlari hozircha oshkor etilmagan. Murat Nurtleu Qozog‘iston siyosiy tizimida asosiy figuralardan biri sifatida ko‘riladi. U Tashqi ishlar vaziri lavozimidan tashqari, kuch tuzilmalari bilan yaqin aloqalari orqali ta’sir doirasini kengaytirgan. Bu aloqalarni u 2022 yil yanvar voqealari (Qantar) davrida MXQ raisi o‘rinbosari sifatida ishlab turgan paytda shakllantirgani aytilmoqda. Gadji Gadjiyev rasmiy ma’lumotlarda biznesmen sifatida qayd etilgan bo‘lsa-da, aslida MXQning shtatdan tashqari xodimi sifatida faoliyat yuritgani haqida xabar qilinmoqda. Hozircha rasmiy organlar tomonidan izoh berilmagan.

Teglar

Mavzuga oid