Logo

Qrimdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sotish butunlay to‘xtatildi

Bugun 08:551 daqiqa

Avvalroq, Sevastopoldagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida haftasiga bir marta 20 litr benzin sotib olish huquqini beruvchi QR-kodli talonlar tizimi joriy etilgan edi.

Qrimdagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin sotish butunlay to‘xtatildi © Gazeta.ru

Rossiya tomonidan Qrim rahbari etib tayinlangan Sergey Aksyonov yarim oroldagi barcha yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i berish ham erkin savdoda, ham talonlar bo‘yicha butunlay to‘xtatilganini e’lon qildi.

Benzin savdosi 21-iyun kuni soat 09:00 dan e’tiboran cheklangan.

«Yoqilg‘i faqat Qrim Respublikasining hayotiy faoliyati va xavfsizligini ta’minlovchi davlat xizmatlarigagina ajratiladi», — deya ta’kidladi Aksyonov.

Qrimda benzin taqchilligi bahor oxirida yuzaga kelgan edi. Bunga Ukraina Qurolli Kuchlarining «Novorossiya» trassasi orqali o‘lkani ta’minlovchi yoqilg‘i tashuvchi va yuk avtomobillariga bergan zarbalari sabab bo‘lgan.

Avvalroq, 6-iyun kuni Sevastopoldagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida haftasiga bir marta 20 litr benzin sotib olish huquqini beruvchi QR-kodli talonlar tizimi joriy etilgan edi. Talonlarni faqat «Maks» messenjeri orqali olish mumkin bo‘lgan.

Sevastopolning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kodlar «bir necha o‘n soniya ichida» tugab qolgan.

Teglar

Mavzuga oid