add

Qurbon hayitida Toshkent metroci vaqtincha bepul ishlaydi

05.06.2025 | 14:406813 daqiqa

6 iyun — Qurbon hayiti kuni Toshkent metropoliteni 03:00 dan 10:00 gacha yo‘lovchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu shahar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladi.

Qurbon hayitida Toshkent metroci vaqtincha bepul ishlaydi
Toshkent metropoliteni Qurbon hayiti munosabati bilan 6 iyun kuni o‘z ish faoliyatini odatdagidan ikki soat erta — soat 03:00 da boshlaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma’lum qildi. Ma’lumotga ko‘ra, 03:00 dan 10:00 gacha barcha yo‘lovchilar metro xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin. Bunday tartib bayram kuni shahar aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish, jumladan, hayit namoziga qatnashish imkoniyatini yengillashtirish maqsadini ko‘zlaydi. Metropolitenda 7 iyun kuni poyezdlar shanba kunlari uchun belgilangan jadval asosida, 8 iyun kuni esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval bo‘yicha soat 05:00 dan harakatni davom ettiradi. Shuningdek, 6 iyun kuni shahar ichki yo‘nalishlaridagi avtobuslar ham soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkentdagi jome masjidlarda Qurbon hayiti namozi 6 iyun kuni soat 05:10 da o‘qiladi. Shu munosabat bilan masjidlar atrofidagi yo‘llarda transport harakati soat 00:00 dan 08:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi. Bu o‘zgarishlar hayit kuni shahar infratuzilmasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Qurbon hayitida Toshkent metroci vaqtincha bepul ishlaydi | Vaqt.uz