add

Quyosh panellarini o‘rnatgan aholiga 209 mlrd so‘m subsidiya to‘landi

2025 yilda O‘zbekistonda quyosh panellari o‘rnatgan jismoniy shaxslarga 209 mlrd so‘mdan ortiq davlat subsidiyasi ajratildi.

Quyosh panellarini o‘rnatgan aholiga 209 mlrd so‘m subsidiya to‘landi

2025 yil yanvar–dekabr oylari davomida O‘zbekistonda 45 381 nafar jismoniy shaxs «Quyoshli xonadon» xizmati orqali davlat budjetidan subsidiya oldi. Elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 209 milliard 201 million so‘m to‘langan. Bu mablag‘lar 268,7 mingta subsidiya operatsiyasi doirasida amalga oshirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, subsidiyalar «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida ajratilgan bo‘lib, u qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rag‘batlantirishga qaratilgan. Dastur aholi o‘rtasida muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Qaysi hududlarda eng ko‘p subsidiya ajratilgan

Hududlar kesimida eng katta subsidiya Xorazm viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Viloyatda quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun 55,4 mlrd so‘m to‘langan. Ikkinchi o‘rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘lib, u yerda subsidiya hajmi 29,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Uchinchi yirik ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilib, 25,7 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.

Eslatib o‘tilishicha, 2023 yil 1-apreldan boshlab quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan har bir kW/h elektr energiyasi uchun 1000 so‘m miqdorida subsidiya belgilangan. Mablag‘lar «Soliq» mobil ilovasi orqali fuqarolarning bank kartalariga o‘tkazib beriladi.

Teglar

Mavzuga oid