add

Reuters agentligi G‘azodagi genotsid borasida sukut saqlayotganlikda ayblandi

23.08.2025 | 09:3036953

Jahonning eng yirik axborot agentliklaridan biri bo‘lgan Reuters xodimlari agentlikni G‘azodagi harbiy harakatlarni yoritishda bir tomonlama yondashuvda va Isroilni himoya qilishda ayblamoqda.

Reuters agentligi G‘azodagi genotsid borasida sukut saqlayotganlikda ayblandi
Voqea yuzasidan birinchi jiddiy tanqid agentlikda ishlagan jurnalistlar tomonidan 2024 yilda tayyorlangan ichki hisobot va ochiq xat asosida bildirilgan. Ular Reuters rahbariyati asosiy jurnalistik me’yorlarga xilof ravishda, «genotsid» atamasini foydalanmaslik va «Falastin» so‘zini cheklayotganlikda ayblangan. Ayniqsa, Al Jazeera muxbiri va 2024 yilgi Pulitser mukofoti sohibi Anas ash-Sharifning halokati haqidagi Reuters sarlavhasi jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Uning Reuters’da ishlagani ta’kidlanmagan, aksincha uni HAMAS rahbari deb atashga uringan sarlavha norozilik keltirib chiqardi. 2023 yil 7 oktyabrdan 14 noyabrgacha chop etilgan 499 maqola tahlili shunday xulosani berdi: agentlik Isroil fuqarolariga oid materiallarga ko‘proq resurs ajratgan, falastinliklar haqidagi materiallar esa kam sonli bo‘lib, odatda materiallarning eng oxirida, qo‘shimcha kontekstsiz berilgan. 2025 yil mayida Reuters bosh muharriri Hovard Goller Yaqin Sharqdagi urushlarni yoritish bo‘yicha uslubni qayta ko‘rib chiqish haqida xabar berdi. Endi «genotsid» so‘zini ishlatish mumkin, ammo faqat manba ko‘rsatilganda. Shu bilan birga, «Falastin» so‘zini ishlatishga cheklov qolmoqda — faqat tarixiy kontekstda. Biroq Declassified tahlil natijalariga ko‘ra, 2025 yil 21 iyundan 7 avgustgacha «Isroil va HAMAS urushi» sarlavhasi ostidagi 300 maqoladan faqat 14 tasida «genotsid» so‘zi qo‘llangan. Reuters hamon urushni «mojaro», «harbiy kampaniya» va «eskalatsiya» deb yoritishda davom etmoqda.

Teglar

Mavzuga oid