add

Revolut 50 dan ortiq davlat kartalaridan to‘ldirishni to‘xtatdi: O‘zbekiston ham bor

Kecha 16:452152 daqiqa

Revolut 1-dekabrdan e’tiboran 50 dan ortiq davlat kartalaridan hisob to‘ldirishni taqiqladi. Yuqori xavfli yurisdiksiyalar ro‘yxatiga Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston ham kiritildi.

Revolut 50 dan ortiq davlat kartalaridan to‘ldirishni to‘xtatdi: O‘zbekiston ham bor

Revolut rasmiy saytida 50 dan ziyod davlat kartalaridan hisobga pul o‘tkazish endi qabul qilinmasligi haqidagi yangilangan ro‘yxat paydo bo‘ldi. Taqiqqa an’anaviy emigratsiya yo‘nalishlari bilan bir qatorda Monako, Vanuatu, Venesuela, Yaman va BAA kabi mamlakatlar ham kiritilgan.

Oninvest nashrinng yozishicha, Yevropa Ittifoqida yashovchi bir qator mijozlar karta orqali to‘ldirish rad etilganini ma’lum qilgan. Ularning barchasi MDH davlatlarida chiqarilgan kartalardan Revolut hisoblarini to‘ldirishga uringan. Bank rad javobida o‘zining ichki qoidalari va xalqaro to‘lov tizimlari komplayens siyosatidagi o‘zgarishlarni keltirgan.

Xalqaro to‘lov tizimlari ayrim davlatlarni karta orqali to‘ldirish amaliyotlariga nisbatan yuqori xavfli yurisdiksiya deb belgilagani qayd etilgan. Kliyentlar bilan yozishmalardan ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston ham ana shunday yurisdiksiyalar qatoriga kiritilgan. «To‘ldiruvchi kartaga ortiq xizmat ko‘rsatilmaydi», — deya javob bergan Revolut texnik xizmati.

Shuningdek, MDH davlatlari banklari mobil ilovalaridan Revolut hisobini to‘ldirish imkoniyati ham yopilgan. Kompaniyaga ko‘ra, ushbu cheklovlar 2025 yil 1-dekabrdan kuchga kirgan va ular vaqtinchalik emas, balki doimiy hisoblanadi.

Muhimi, Revolut bu cheklovlarni sanksiyalar bilan bog‘lamaydi. Chunki to‘ldirish taqiqlangan kartalarni chiqargan banklarning birortasi sanksiya ostida emas. Kompaniya ta’kidlashicha, qaror faqat xalqaro to‘lov tizimlari komplayensidagi yangi talablar bilan bog‘liq. Kategoriyasi yuqori xavfli deb belgilangan davlatlardan keluvchi karta to‘ldirish amaliyotlari birdek cheklanadi.

Teglar

Mavzuga oid