add

Robert Kiyosaki: Oltin narxi 27 ming dollargacha oshadi

Kecha 14:353 daqiqa

Birjada oltin narxi tarixda ilk bor unsiyasiga 5 ming dollardan oshdi. «Boy ota, kambag‘al ota» bestsellerining muallifi Robert Kiyosaki esa uning narxi 27 ming dollargacha ko‘tarilishi mumkin, deb hisoblayapti. Qizig‘i shundaki, u 2 yil oldin bugungi narxni to‘g‘ri prognoz qilgan edi.

Robert Kiyosaki: Oltin narxi 27 ming dollargacha oshadi

Amerikalik tadbirkor, investor va yozuvchi, «Boy ota, kambag‘al ota» bestselleri hamda investitsiya bo‘yicha bir qator kitoblarning muallifi Robert Kiyosaki bir unsiya oltinning narxi 27 ming dollargacha oshishi mumkinligini prognoz qildi. Bu haqda u «X» ijtimoiy tarmog‘idaги sahifasida yozdi.

«Oltin 5000 dollardan oshdi. Ura!!! Oltinning kelajagi 27 000 dollar», — dedi Robert Kiyosaki.

Kecha, 26-yanvar kuni birja savdolarida oltin narxi tarixda ilk bor unsiyasiga 5 ming dollardan oshdi. Chikago tovar birjasida (CME) fevral oyiga mo‘ljallangan oltin fyuchersi narxi savdolarda unsiyasiga 5100 dollardan oshgani qayd etildi. Kumush va platina ham qimmatladi. Qimmatbaho metalllarga talab AQSH aktivlariga bo‘lgan ishonch pasayishi, geosiyosiy keskinlik va iqtisodiy noma’lumlik sabab kuchaydi.

2023 yil boshida ham Robert Kiyosaki oltin narxi unsiyasiga 5000 dollarga ko‘tarilishini oldindan taxmin qilgan. Kiyosaki o‘shanda AQSH Federal zaxira tizimi milliardlab yangi dollarlarni bosishiga majbur бўлиши, bu esa Amerika vaлютасига ishonchning yo‘qolishi va oltin, kumush hamda bitkoinning mashhur bo‘lishiga olib келишини yozgan. Uning oltin narxi haqidagi prognozi amalga oshdi, biroq kutilgandan keyinroq: u bu darajaga 2025 yilgacha yetilishini taxmin qilgan edi.

«Katta inqiroz yaqinlashmoqda. Depressiya ehtimoli bor. Federal zaxira tizimi milliardlab soxta pullar bosishga majbur. 2025 yilga kelib oltin narxi 5000 dollar, kumush 500 dollar va bitkoin 500 ming dollarga yetadi. Nima uchun? Chunki AQSH dollariga, soxta pulga bo‘lgan ishonch buziladi», — deb yozgan o‘shanda Kiyosaki X ijtimoiy tarmog‘ida.

Robert Kiyosaki 2023 yilda ham investorlarga moliya bozorlaridagi dunyo tarixidagi eng katta falokatga tayyorlanishni va portfellarini oltin, kumush, bitkoin, ko‘chmas mulk hamda neft kompaniyalari aksiyalari tarafga o‘zgartirishni maslahat bergan. Kiyosakiнинг фикрича, antikrizis portfeli 75% oltin, kumush va bitkoindan, qolgan 25% neft kompaniyalari aksiyalari va ko‘chmas mulkdan tashkil topishi kerak edi.

«Bunday struktura sizga dunyo tarixidagi eng katta falokatdan omon chiqishga yordam berishi mumkin», — deb yozgan u.

2024 yilda u investorlarni kumush narxi unsiyasiga 50 dollarga етмагuнigacha shu metallga sarmoya kiritishga chaqirgan. O‘sha vaqtda kumush unsiyasi 34,7 dollar atrofida savdolashgan. So‘nggi 12 oy ichida kumush narxi 255 фоизга oshgan. 23-yanvar kuni savdolarda kumush narxi tarixda ilk bor unsiyasiga 100 dollardan oshdi.

Oltin narxi so‘nggi 12 oyda 84 фоизга o‘sgan. Tahlilchilar фикрича, geosiyosiy vaziyat va markaziy banklarning sotib olish hajmi ko‘payishi oltin narxining o‘sishiga imkoniyat beradi. Xususan, «Goldman Sachs» tahlilchilari 2026 yil dekabrigacha oltin narxi prognozini unsiyasiga 4900 dollardan 5400 dollarga oshirdi.

London qimmatbaho metalllar bozori ishtirokchilari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan yillik tahlilchilar so‘rovi natijalariga ko‘ra, 2026 yili oltin narxi unsiyasiga 7150 dollargacha oshishi mumkin va yillik o‘rtacha narx 4742 dollarni tashkil etadi.

Oltin narxining yaqindagi o‘sishi geosiyosiy keskinlik, jumladan AQSH va NATO o‘rtasida Grenlandiya borasidagi kelishmovchiliklar, AQSH import bojlariga qo‘yilayotgan tariflar bo‘yicha noma’lumlik va AQSH Federal zaxira tizimi mustaqilligini yo‘qotish xavfining oshishi bilan bog‘liq. Qimmatbaho metallar narxiга AQSHning pul-kredit siyosatini yumshatishi, Марказий banklarning faol sotib olishlari va oltin qo‘llab-quvvatlangan birja fondiga rekord miqdorda mablag‘ kirishi ham ta’sir қилди.

 

Teglar

Mavzuga oid