add

«Rosneft» foydasi 70 foizga quladi: neft inqirozi yanada chuqurlashdi

30.11.2025 | 08:303922 daqiqa

Rossiyaning eng yirik neft kompaniyasi «Rosneft» foydasi yil davomida keskin 70 foizga tushib ketgani, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar barchasi pasaygani haqida rasman bildirdi.

«Rosneft» foydasi 70 foizga quladi: neft inqirozi yanada chuqurlashdi

Rossiya neft sohasidagi inqiroz tobora chuqurlashar ekan, uning birinchi navbatdagi oqibati mamlakatning yetakchi kompaniyasi «Rosneft» faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Kompaniya 2025 yilning 9 oylik natijalarini e’lon qilib, asosiy ko‘rsatkichlarda keskin pasayish qayd etilganini ma’lum qildi.

Mahsulot narxlarining tushishi, yuqori kredit stavkalari va rubl kursining mustahkamlanishi daromadlarni sezilarli darajada qisqartirgan. Hisobotga ko‘ra, aksionerlarga tegishli sof foyda 70 foizga kamayib, 277 mlrd rublni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eng yirik pasayishlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Daromadlar qismi ham jiddiy qisqargan: kompaniyaning umumiy aylanmasi 18 foizga pasayib, 6,29 trln rublga tushdi. EBITDA ko‘rsatkichi esa 29 foizga kamayib, 1,64 trln rubl atrofida qayd etildi. Hatto tuzatishlardan keyingi erkin pul oqimi ham qariyb yarimga tushib ketdi — 45 foizlik pasayish bilan 591 mlrd rublgacha.

Shu bilan birga, kapital qo‘yilmalar aksincha o‘sdi — 6 foizga ko‘tarilib, 1,11 trln rublga yetdi. Neftni qayta ishlash hajmi 57,7 mln tonnani tashkil etdi; kompaniya hajmlar tushishini «ta’mirlash ishlari» va «zavodlar yuklamasini optimallashtirish» bilan izohladi.

«Rosneft» moliyaviy natijalarga bosim qilgan bir nechta omilni qayd etdi. Ular orasida RF MBning yuqori asosiy stavkasi, jahon bozorida neft narxining pasayishi, global taklifning ko‘payishi va rubl kursining kuchayishi bor. Ayni shu omillar eksporterlar daromadini milliy valyutada sezilarli qisqartirdi.

Tahlilchilarning fikricha, Rossiya neft sektoriga bosim yaqin oylarda ham saqlanib qoladi, sanoatdagi qolgan yirik kompaniyalarda ham shunga o‘xshash trend davom etishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid