add

Rossiya Armanistonga ogohlantirish xati tayyorlamoqda

28.06.2025 | 08:2048664

Rossiya Armaniston Yevroittifoq bilan yaqinlashishga oid harakatlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi qoidalariga zid ekanini bildirdi. Moskva Yerevanga bu borada rasmiy xat yuborishni rejalashtirmoqda va ehtimoliy choralar ko‘rilishi mumkinligini aniq aytdi.

Rossiya Armanistonga ogohlantirish xati tayyorlamoqda
Rossiya Armaniston uchun xat tayyorlamoqda. Unda Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish bo‘yicha qabul qilgan me’yorlari Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) qoidalariga zid ekanligi qayd etiladi. Bu haqda Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk TASS savoliga javob berar ekan ma’lum qildi. «Men hamkasbim Mger Gerbertovich (Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Grigoryan) nomiga xat imzolashga tayyorlanmoqdaman. Unda bizning nuqtayi nazarimizdan, bu harakatlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi me’yorlariga zid ekanligi ta’kidlanadi», — dedi Overchuk. «Biz tegishli choralarni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqamiz», — deya ogohlantirdi Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari. Uning aytishicha, Rossiya Federatsiyasi «Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuvi doirasida sodir bo‘layotgan jarayonlarni kuzatmoqda». Armaniston Respublikasining qonunchilik bazasida sertifikatlashtirish qoidalarining ayrimlarini soddalashtiruvchi normativ hujjatlar paydo bo‘layotgani qayd etilgan. Overchuk aniqlik kiritib, masalan, «Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlardan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sertifikatlashtirishning ba’zi qoidalari soddalashtirilishi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining ichki bozoriga uning talablariga javob bermaydigan tovarlar kirib kelishi mumkinligini anglatadi», — dedi. «Armaniston parlamenti Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish intilishini e’lon qiluvchi qonunni qabul qilgan... Biz Armanistonda bu yo‘nalishda sodir bo‘layotgan voqealarni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz. Shubhasiz, biz har doim Armaniston xalqining tanlovini hurmat qilamiz, biroq shu bilan birga, tushunmoqdamizki — buni hozirda Nikol Pashinyan ham tasdiqlagan —Armanistonning bir vaqtning o‘zida ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida, ham Yevropa ittifoqida bo‘lishi mumkin emas», — dedi Overchuk.

Teglar

Mavzuga oid