add

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi

01.02.2026 | 15:101 daqiqa

Rossiya ishlab chiqarish quvvatlarida ortiqcha zaxira to‘planib qolishining oldini olish maqsadida neft kompaniyalari uchun benzin yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Ishlab chiqaruvchi bo‘lmaganlar uchun esa u iyul oyi oxirigacha uzaytirildi.

Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi

Rossiya hukumati mamlakatdan benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa turdagi yoqilg‘ilar eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2026 yil 31-iyulgacha uzaytirdi, biroq endilikda bu cheklov neft mahsulotlarini bevosita ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilmaydi. Bu haqda kecha, 31-yanvar kuni Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar qildi.

Matbuot bayonotida aytilishicha, neft mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlar “ichki yoqilg‘i bozorida barqaror vaziyatni saqlab turishga qaratilgan”. Shu bilan birga, hukumat fikricha, ishlab chiqaruvchilar uchun istisno joriy etilishi “neft kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarida ortiqcha mahsulot to‘planib qolishi xavfini oldini olish” imkonini beradi.

Rossiyadan yoqilg‘i eksportiga qo‘yilgan cheklovlar

Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishidan so‘ng, hukumat ichki bozorda narxlarni pasaytirish maqsadida benzin eksportiga bir necha bor vaqtinchalik taqiq joriy etgan. To‘liq embargo 2023 yil sentabr oyida mamlakat ichida yoqilg‘ining ulgurji narxlari keskin oshgani sababli kiritilgan edi.

2024 yil mart oyida Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlari fonida to‘liq taqiq yana joriy qilindi. Keyinchalik embargo vaqti-vaqti bilan to‘xtatib turildi, ammo so‘ng yana – to‘liq yoki qisman – qayta joriy etildi. Oxirgi marta cheklovlar 2025 yil dekabr oyi oxirida uzaytirilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid