add

Rossiya generallari Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashini va’da qildi

06.08.2025 | 08:2027134

Kreml manbalariga ko‘ra, Putin Rossiya armiyasining ustunligiga ishonmoqda va Trampning urushni to‘xtatish haqidagi ultimatumini rad etishga tayyor.

Rossiya generallari Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashini va’da qildi
Reuters agentligining Kremlga yaqin manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya generallari prezident Vladimir Putinga Ukraina frontidagi mudofaa tizimi 2–3 oy ichida qulashiga ishontirgan. Putin esa bu fursatdan foydalanib, Ukraina sharqidagi to‘rt oblastni to‘liq egallash niyatida ekani aytilmoqda. Ukrainaning DeepState loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi iyul oyida 564 km², iyun oyida esa shunga yaqin hududlarni bosib olgan. Bu so‘nggi o‘n oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni paytda Rossiya armiyasi Donetskdagi Chasiv Yar shahrining katta qismini egallaganini e’lon qildi. Ukraina qurolli kuchlari buni rad etgan bo‘lsa-da, mustaqil kuzatuvchilar Rossiyaning sharq va shimoldan ilgarilab kirganini tasdiqlashmoqda. G‘arb va janubiy g‘arb tomonlar esa hali ham ukrainaliklar qo‘lida. Shuningdek, Rossiya kuchlari Sumi oblastiga kirgani, Dnepropetrovsk tomon yurish boshlagani, Xersonga aviabombalar yo‘llayotgani va Pokrovsk atrofida 110 ming kishilik guruh to‘plagani qayd etilgan. Britaniya razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pokrovsk uchun kechayotgan janglarda Rossiya kuniga 1000 nafardan ortiq jangchi yo‘qotmoqda. Bundan tashqari, Rossiya hukumati harbiy kontrakt tuzuvchilarga o‘rtacha 1,8 mln rubl (22 ming dollar) miqdorida bonuslar taklif qilmoqda. 2025 yilning birinchi yarmida 200 mingdan ortiq yangi jangchi armiyaga jalb qilingan. NATO va AQSH razvedkasi bu raqamlarni tasdiqlamoqda — oyiga 30–40 ming kishi frontga ketmoqda. ISW tahlilchisi Jorj Barrosga ko‘ra, agar shu sur’at saqlansa, Putin Ukrainaga qarshi urushni yana 12–16 oy davom ettirishi mumkin. Biroq bu muddat ichida Rossiya byudjeti va jangchi resurslari tugash xavfi bor.

Teglar

Mavzuga oid