Logo

Rossiya Marokashdan benzin import qilishni boshladi

Kecha 19:372 daqiqa

Marokash Ukraina dronlari hujumlari ortidan Rossiya benzin import qila boshlagan uchinchi davlatga aylandi. Bu hujumlar oqibatida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati qisqarib, benzin ishlab chiqarish so‘nggi 20 yildagi eng past darajaga tushib ketgan.

Rossiya Marokashdan benzin import qilishni boshladi © Foto: gazeta.ru

Rossiya Marokashdan dengiz orqali taxminan 30 ming tonna AI-92 markali benzin olib keldi. Bu haqda «Reuters» sohadagi ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, Panama bayrog‘i ostida suzuvchi tanker iyul o‘rtalarida Marokashning Tanjer portidan benzin yuklab olgan va hozirda Rossiyaning Arktikadagi Murmansk portida yukini tushirmoqda. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, yoqilg‘ini yetkazib beruvchi kompaniya «Lukoyl» bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Marokashdan keltirilgan benzin Sankt-Peterburg tovar-xomashyo birjasida ham sotuvga chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Xaridorlarga Murmansk portidagi «Kola» temiryo‘l stansiyasidan yetkazib berish sharti bilan AI-92 benzini taklif etilmoqda.

Marokash Ukraina dronlari hujumlari ortidan Rossiya benzin import qila boshlagan uchinchi davlatga aylandi. Bu hujumlar oqibatida Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari faoliyati qisqarib, benzin ishlab chiqarish so‘nggi 20 yildagi eng past darajaga tushib ketgan.

«Reuters» manbalariga ko‘ra, iyul oyida Rossiyada ishlab chiqarilgan benzin ichki talabning atigi 65 foizini qoplagan. Mamlakatdagi umumiy yoqilg‘i tanqisligi esa 700–800 ming tonnaga yetgan. Iyul oyi oxirida Murmansk viloyatidagi Vitino portiga Hindistondan benzin ortilgan ilk tanker ham yetib keldi. Unda «Vadinar» neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilgan 42 ming tonna benzin bo‘lgan.

Shuningdek, Rossiya uchun mo‘ljallangan benzin yuklangan yana bir tanker — «Varg» Suets kanali tomon harakatlanmoqda. U yerda yuk boshqa kemaga ortiladi va Rossiya portlaridan biriga yetkaziladi.

Umuman olganda, Hindiston Rossiyaga jami qariyb 100 ming tonna benzin yetkazib berishga rozilik bergan. Ikkala partiyani ham «Nayara Energy» kompaniyasi jo‘natadi. Ushbu kompaniyaning 49 foiz ulushi «Rosneft»ga tegishli.

Iyul o‘rtalarida Rossiya neft kompaniyalari Hindiston neftni qayta ishlash zavodlaridan benzin yetkazib berish hajmini oshirishni so‘ragan. Biroq Hindistonning davlat neft kompaniyalari bu taklifni rad etgan. Bundan tashqari, Qozog‘istonning «Kondensat» neftni qayta ishlash zavodi ham Rossiyaga taxminan 10 ming tonna benzin yuborgan. «Reuters» ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston jami 50 ming tonna benzinni «gumanitar yordam» doirasida sotishga rozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2027-yil boshigacha uzaytirgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya Marokashdan benzin import qilishni boshladi | Vaqt.uz