Logo

Rossiya migrantlar uchun davlat bojlarini keskin oshirdi

Bugun 12:252 daqiqa

Prezident Vladimir Putin imzolagan qonunga muvofiq, Rossiya fuqaroligini olish, yashash guvohnomasi, viza va boshqa migratsiya xizmatlari uchun davlat bojlari bir necha barobarga oshiriladi.

Rossiya migrantlar uchun davlat bojlarini keskin oshirdi © rbc.ru

Vaqt.uz avvalroq migratsiya xizmatlari uchun davlat bojlar keskin oshirilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingani haqida xabar bergandi.

Ushbu tartib 26-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish yoki undan chiqish uchun davlat boji 4,2 ming rubldan 50 ming rublgacha oshiriladi. Yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun to‘lov esa 6 ming rubldan 30 ming rublgacha ko‘tariladi.

image_2026-06-28_09-48-25

Shuningdek, yashash guvohnomasini almashtirish uchun 6 ming rubl, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi yo‘qolgani, shikastlangani yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat almashtirilgan hollarda yangi hujjat rasmiylashtirish uchun 5 ming rubl davlat boji undiriladi.

Rossiyaga kirish uchun taklifnoma rasmiylashtirish to‘lovi har bir taklif etilgan shaxs uchun 960 rubldan 8 ming rublgacha oshiriladi.

Rossiyaga kirish va chiqish vizasi uchun davlat boji 1,2 ming rubldan 2 ming rublgacha, ko‘p martalik viza uchun esa 1,92 ming rubldan 6 ming rublgacha ko‘tariladi.

Vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun davlat boji 1,92 ming rubldan 15 ming rublgacha oshiriladi. Ta’lim olish maqsadida beriladigan kirish vizasi uchun davlat boji 8 ming rubl etib belgilangan.

Shu bilan birga, chet ellik ishchilarni jalb qilish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish to‘lovi ham 12 ming rubldan 15 ming rublgacha oshiriladi.

Qonun ayrim toifadagi shaxslar uchun imtiyozlarni ham nazarda tutadi. Xususan, Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi xorijiy mutaxassislar, olimlar, madaniyat arboblari va boshqa ayrim toifadagi shaxslar hamda ularning oila a’zolari vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va yashash guvohnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, sobiq SSSR fuqarolari, Rossiyaga ixtiyoriy ko‘chib kelish davlat dasturi ishtirokchilari va ularning oila a’zolari, shuningdek, Ukrainadagi urush davrida kamida bir yil muddatga Rossiya armiyasi bilan shartnoma tuzgan xorijliklar hamda ularning oila a’zolari ayrim davlat bojlarini to‘lashdan ozod etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya migrantlar uchun davlat bojlarini keskin oshirdi | Vaqt.uz