add

Rossiya NATO chegarasi yaqinida yirik ob’ekt qurmoqda

24.08.2025 | 22:0030262

Rossiya Kaliningrad oblastida NATO va Polsha chegarasidan atigi 25 km uzoqlikda ulkan radiotexnika majmuasini qurmoqda. Bu haqda Bild nashri sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib xabar berdi.

Rossiya NATO chegarasi yaqinida yirik ob’ekt qurmoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chernyaxovsk shahri yaqinida 2023 yil mart oyidan buyon halqa shaklidagi katta antenna majmuasi barpo etilmoqda. Hudud tozalangan, devor bilan o‘ralgan, yo‘llar qurilgan va binolar uchun maydonlar tayyorlangan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, hududda antenna ustunlari uchun qazilgan chuqurlar va kamida oltita halqa shakli aniq ko‘rinib turibdi. Bu turdagi qurilma «halqasimon antenna panjarasi» deb ataladi va harbiy radiotexnika razvedkasi hamda aloqa tizimlari uchun mo‘ljallangan. Mutaxassislar ob’ekt diametri 1600 metrga yetganini qayd etmoqda. Bu esa mavjud shunga o‘xshash majmua va stansiyalardan bir necha barobar kattaligini anglatadi. Loyiha to‘liq ishga tushgach, Rossiya NATOning Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi radioaloqalarini kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, Boltiq dengizi va Atlantika okeanining shimoliy qismidagi suv osti kemalari bilan barqaror aloqani ta’minlash rejalashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid