add

Rossiya qurol eksporti uchun naqd dollarlarda pul olmoqda

06.09.2025 | 12:007463

Sanksiyalar tufayli Rossiyaning harbiy kompaniyalari eksportdan tushgan valyutani bank orqali emas, og‘ir jo‘natmalardagi naqd pulda qabul qilmoqda.

Rossiya qurol eksporti uchun naqd dollarlarda pul olmoqda
Rossiyaning harbiy-sanoat kompaniyalari, jumladan, «Rosoboroneksport», sanksiyalar sabab eksportdan tushgan pulni bank orqali emas, naqd banknotlarda qabul qilmoqda. Nordsint tahlilchilari ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yildan beri Rossiyaga turli mamlakatlardan tonnaga yaqin banknot keltirilgan. Masalan, Turkiyaning Mudofaa sanoati agentligi «Rosoboroneksport»ga og‘irligi 23,4 kg bo‘lgan, 5 mln qiymatdagi pul yuborgan. Valyuta va nominal aniq emas, ammo taxminlarga ko‘ra, yevroda bo‘lgan. Reuters xabariga ko‘ra, Turkiya 2024 yilda Rossiyaga banknot yetkazib berish markaziga aylangan. Myanma ham pul yuborgan davlatlar qatorida. 2023 yil oktyabrida «Rosoboroneksport» 492,5 kg og‘irlikdagi, 50 mln dollarlik posыlka qabul qilgan. Bu 100 dollarlik kupyuralardagi to‘liq to‘lov sifatida qayd etilgan. Shuningdek, «Motor» aviaremont kompaniyasi va «Gidroaviasalon» ham Turkmanistondan pulli jo‘natmalar olgan. Afrikada esa Ruanda Rossiyaning hamkoriga aylangan. 2024 yil boshida «Rosoboroneksport» Ruanda mudofaa vazirligidan 29,1 mln dollarlik kupyuralar olgan. 2023 yilda ham Ruanda 327 kg banknot yuborgani qayd etilgan. Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bank vositalaridan foydalanish cheklangani sabab Rossiya eksportida naqd pulga o‘tish kengaymoqda. Bu nafaqat moliyaviy xavflar, balki xalqaro nazorat nuqtayi nazaridan ham jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Avvalroq sanksiyalar sababli Vladimir Putin samolyotiga Alyaskada yonilg‘i naqd pulga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya qurol eksporti uchun naqd dollarlarda pul olmoqda | Vaqt.uz