add

Rossiya sport terma jamoalari qishki Olimpiada-2026dan chetlatildi

28.05.2025 | 09:0049653

Rossiya terma jamoalari, jumladan milliy xokkey jamoasi 2026 yilda Italiyada o‘tadigan Qishki Olimpiya o‘yinlarida qatnasholmaydi. Bu qaror Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi urushni boshlashi ortidan joriy etilgan sanksiyalar doirasida qabul qilindi.

Rossiya sport terma jamoalari qishki Olimpiada-2026dan chetlatildi
XOQning rasmiy bayonotida, Rossiya xokkey federatsiyasi va Xalqaro shaybali xokkey federatsiyasi (IIHF) o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha tarqalgan xabarlar ortidan qaror aniqlashtirildi. Qayd etilishicha, rossiyalik sportchilar neytral maqomda ishtirok etishi mumkin, ammo bu holat jamoaviy ishtirok uchun mos kelmaydi. IIHF ham MOQ tavsiyalariga rioya qilishini tasdiqladi. 2023 yil oktyabrida XOQ Rossiya Olimpiya qo‘mitasini Olimpiya xartiyasiga zid ravishda Ukrainadagi bosib olingan hududlarda «regional olimpiya kengashlari»ni tan olgani uchun uzoqlashtirgandi. Bu harakat Ukraina Olimpiya qo‘mitasining hududiy yaxlitligini buzish sifatida baholangan. Shunga qaramay, ayrim rossiyalik va belaruslik sportchilar 2024 yilda Parijda o‘tadigan Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishiga ruxsat berildi. Ular faqat bayroq va milliy ramzlarsiz qatnashmoqda. Xususan, to‘rt nafar rossiyalik figurachi 2026 yil Olimpiadasiga saralash musobaqalarida qatnashishga ruxsat olgan. Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarev, bir vaqtning o‘zida Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari, aprel oyida tashkilot ikki-uch oy ichida XOQ tomonidan qayta tan olinishi mumkinligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarordan so‘ng xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilish uchun arizalar berilishni boshlashadi. Shu bilan birga, Rossiya Xokkey federatsiyasi 25 may kuni rasman ma’lum qilishicha, XOQ hozirgacha Olimpiadada ishtirok etish bo‘yicha rad etish xati olmagan. Biroq latviyalik manbalar Rossiya jamoasining qatnashish ehtimoli butunlay istisno qilinganini xabar qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya sport terma jamoalari qishki Olimpiada-2026dan chetlatildi | Vaqt.uz